O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 618 nafarga yetdi

Obuna bo‘lish
Mamlakatda o‘tgan kunda davomida yana 53 kishida koronavirus aniqlandi va bir bemor vafot etdi. Qurbonlar soni 618 nafarga yetdi.
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda o‘tgan kun davomida yana 53 kishida koronavirus aniqlandi. Jami kasallanganlar soni 77 716 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
Izobrajenie koronavirusa na stene - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya olimlari koronavirusni yo‘q qiladigan yangi usulni aniqlashdi
Yangi kasallanganlarning 7 nafari Andijon viloyatida, 1 nafari Buxoro viloyatida, 1 nafari Jizzax viloyatida, 6 nafari Qashqadaryo viloyatida, 5 nafari Navoiy viloyatida, 4 nafari Namangan viloyatida, 5 nafari Samarqand viloyatida, 2 nafari Surxondaryo viloyatida, 7 nafari Farg‘ona viloyatida, 3 nafari Xorazm viloyatida, 6 nafari Toshkent viloyatida, 6 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 618 nafarga yetdi.
Mamlakatda 76 197 bemor koronavirusdan forig‘ bo‘lgan. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 901 nafar bemordan 158 nafari og‘ir, 32 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Yangiliklar lentasi
0