https://oz.sputniknews.uz/20210110/Sputnik-V-vaktsinasiga-ishonish-uchun-3ta-asosiy-sabab---Bloomberg-versiyasi-15753211.html
"Sputnik V" vaksinasiga ishonish uchun 3ta asosiy sabab - Bloomberg versiyasi
"Sputnik V" vaksinasiga ishonish uchun 3ta asosiy sabab - Bloomberg versiyasi
Sputnik O‘zbekiston
"Sputnik V" hozirga qadar koronavirusga qarshi ro‘yxatga olingan dunyodagi birinchi vaksinaligicha qolmoqda 10.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-10T12:52+0500
2021-01-10T12:52+0500
2021-04-01T16:45+0500
covid-19 umumjahon pandemiyasi
yangiliklar
vaksina
sputnik v vaksinasi
sputnik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/08/0c/14756842_0:130:2458:1519_1920x0_80_0_0_dba605f4ea55bfe9fa7b799a0bba09e8.jpg
TOShKENT, 10 yanv - Sputnik. Bloomberg agentligi rossiyalik olimlar tomonidan ishlab chiqilgan va dunyoda birinchi bo‘lib ro‘yxatga olingan vaksinaga ishonish uchun bir nechta asoslarni sanab o‘tdi.Agentlik jurnalisti Sem Fazeli so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ushbu preparat bilan dunyoda vaksina dozalarini ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik beshlikka kirgan, ba’zi xorijiy mamlakatlarga ega oldindan buyurtmalar rasmiylashtirilgan.Shuningdek, Bloombergda "Sputnik V" uchinchi faza klinik sinovlaridan o‘tkazilgani ham keltirib o‘tilgan. Surishtiruv natijalari bo‘yicha preparat o‘zining samaradorligini ko‘rsatgan. Bu ko‘rsatkich, ma’lumot uchun, sinovlarning barcha bosqichlarida 90%dan oshgan.Ammo COVID-19ga qarshi himoyada samaradorlik - bu boshqa masala, boshdan kechirilgan kasallik oqibatlari esa - mutlaqo boshqa masala.Jurnalist Rossiya vaksinasi sinovlari vaqtida kasallik og‘ir kechishi bilan bog‘liq birorta holat aniqlanmaganini qayd etib o‘tgan.Bloomberg tahlilchisi fikricha: Rossiyaning ingliz-shved kompaniyasi AstraZeneca bilan COVID ga qarshi kombinatsiyalangan vaksinani yaratish bo‘yicha hamkorligi ham e’tirofga molik. Bunda "Sputnik V" vaksinasining komponentlaridan biri va AstraZeneca hamda Oksford universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan AZD1222 vaksinasi komponentlaridan biri qo‘llaniladi."Bu faktlarning barchasi, (ilmiy jurnallarda - tahr.) uchinchi faza klinik sinovlari natijalari yo‘qligiga qaramay, "Sputnik V" vaksinasi G‘arb laboratoriyalarida yaratilgan boshqa xuddi shunday vaksinalar singari kuchli nomzod bo‘lishi mumkin, degan asoslarni vujudga keltiradi", - deya xulosa qilgan Fazeli.Jurnalistning ta’kidlashicha, u xitoyning SINOVAC biofarmotsevtik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan CoronaVac vaksinasidan ko‘ra, Rossiya vaksinasini tanlagan bo‘lardi.Eslatib o‘tamiz, "Sputnik V" vaksinasi hozirga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi dunyoda eng birinchi bo‘lib ro‘yxatga olingan vaksinaligicha qolmoqda.Preparat Gamaleya nomidagi NITSEM tomonidan ishlab chiqarilgan.Vaksina ayni paytda o‘zining xavfsizligi va samaradorligini isbotlagan.Shuningdek, vaksinada uzoq kuzatiluvchi salbiy oqibatlar mavjud emasligi o‘z isbotini topgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210108/AShda-Pfizer-vaktsinasi-bilan-emlangan-shifokor-vafot-etdi-15745519.html
https://oz.sputniknews.uz/20210105/Rossiyada-vaktsinatsiya-bayram-kunlarida-am-davom-etmoda-15732595.html
https://oz.sputniknews.uz/20201225/Sputnik-V-vaktsinasi-aida-barcha-savollarga-zhavoblar-15680224.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/08/0c/14756842_0:52:2458:1597_1920x0_80_0_0_a4709b835f7dae6e5dc43abb64860749.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
covid-19 umumjahon pandemiyasi, yangiliklar, vaksina, sputnik v vaksinasi, sputnik
covid-19 umumjahon pandemiyasi, yangiliklar, vaksina, sputnik v vaksinasi, sputnik
"Sputnik V" vaksinasiga ishonish uchun 3ta asosiy sabab - Bloomberg versiyasi
12:52 10.01.2021 (yangilandi: 16:45 01.04.2021) "Sputnik V" hozirga qadar koronavirusga qarshi ro‘yxatga olingan dunyodagi birinchi vaksinaligicha qolmoqda
TOShKENT, 10 yanv - Sputnik. Bloomberg agentligi rossiyalik olimlar tomonidan ishlab chiqilgan va dunyoda birinchi bo‘lib ro‘yxatga olingan vaksinaga ishonish uchun bir nechta asoslarni sanab o‘tdi.
Agentlik jurnalisti Sem Fazeli so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ushbu preparat bilan dunyoda vaksina dozalarini ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik beshlikka kirgan, ba’zi xorijiy mamlakatlarga ega
oldindan buyurtmalar rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, Bloombergda "Sputnik V" uchinchi faza klinik sinovlaridan o‘tkazilgani ham keltirib o‘tilgan. Surishtiruv natijalari bo‘yicha preparat o‘zining samaradorligini ko‘rsatgan. Bu ko‘rsatkich, ma’lumot uchun, sinovlarning barcha bosqichlarida 90%dan oshgan.
Ammo COVID-19ga qarshi himoyada samaradorlik - bu boshqa masala, boshdan kechirilgan kasallik oqibatlari esa - mutlaqo boshqa masala.
Jurnalist Rossiya vaksinasi sinovlari vaqtida kasallik og‘ir kechishi bilan bog‘liq birorta holat aniqlanmaganini qayd etib o‘tgan.
Bloomberg tahlilchisi fikricha: Rossiyaning ingliz-shved kompaniyasi AstraZeneca bilan COVID ga qarshi kombinatsiyalangan vaksinani yaratish bo‘yicha hamkorligi ham e’tirofga molik. Bunda "Sputnik V" vaksinasining komponentlaridan biri va AstraZeneca hamda Oksford universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan AZD1222 vaksinasi komponentlaridan biri qo‘llaniladi.
"Bu faktlarning barchasi, (ilmiy jurnallarda - tahr.) uchinchi faza klinik sinovlari natijalari yo‘qligiga qaramay, "Sputnik V" vaksinasi G‘arb laboratoriyalarida yaratilgan boshqa xuddi shunday vaksinalar singari kuchli nomzod bo‘lishi mumkin, degan asoslarni vujudga keltiradi", - deya xulosa qilgan Fazeli.
Jurnalistning ta’kidlashicha, u xitoyning SINOVAC biofarmotsevtik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan CoronaVac vaksinasidan ko‘ra, Rossiya vaksinasini tanlagan bo‘lardi.
Eslatib o‘tamiz, "Sputnik V" vaksinasi hozirga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi dunyoda eng birinchi bo‘lib ro‘yxatga olingan vaksinaligicha qolmoqda.
Preparat Gamaleya nomidagi NITSEM tomonidan ishlab chiqarilgan.
Vaksina ayni paytda o‘zining xavfsizligi va samaradorligini isbotlagan.
Shuningdek, vaksinada uzoq kuzatiluvchi salbiy oqibatlar mavjud emasligi o‘z isbotini topgan.