https://oz.sputniknews.uz/20210107/Tergov-departamenti-Zhasur-Umirov-ishi-byicha-yangi-tafsilotlarni-malum-ildi-15738771.html
Tergov departamenti Jasur Umirov ishi bo‘yicha yangi tafsilotlarni ma’lum qildi
Tergov departamenti Jasur Umirov ishi bo‘yicha yangi tafsilotlarni ma’lum qildi
Sputnik O‘zbekiston
Ichki ishlar vazirligi Tergov departamenti voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda ayblanayotgan xonanda Jasur Umirov ishi bo‘yicha tergovning ayrim tafsilotlarini... 07.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-07T11:26+0500
2021-01-07T11:26+0500
2021-01-07T15:41+0500
jamiyat
hodisalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/03/15720675_0:287:1991:1406_1920x0_80_0_0_f8e617ccc78b4cc4a091926772bd91f5.jpg
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Ichki ishlar vazirligi Tergov departamenti voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda ayblanayotgan xonanda Jasur Umirov ishi bo‘yicha tergovning ayrim tafsilotlarini ma’lum qildi.Tergov jarayonida aniqlanishicha: 2020-yilning 13-iyun kuni Urgut tumani “Oqmachit” mahallasida yashovchi 2003-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan fuqaro, Kattaqo‘rg‘on tumani “Kattako‘rpa” mahallasida yashovchi dugonasi 2003-yilda tug‘ilgan fuqaroning tanishi xonanda Jasur Umirov bilan yaqindan tanishish uchun borganida, J.Umirov ularni tanishining uyiga olib borib, pivo spirtli ichimligini iste’mol qildirib, uni ojizligidan foydalanib, nomusiga tekkan. Bundan tashqari aniqlanishicha voyaga yetmagan jabrlanuvchining nomusiga yana ikki nafar J.Umirovning tanishlari tekkanligini ma’lum bo‘lgan.Avvaliga jabrlanuvchi J.Umirov u bilan ixtiyoriy ravishda jinsiy aloqa qilgani sababli, uning harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud emasligi va murojaatda ko‘rsatilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topmaganligi sababli Kattaqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandi (qilmishda jinoyat tarkibi bo‘lmasa)ga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishdan rad etish haqida qaror qabul qilingan, biroq jinoyat ishi nazorat tartibida o‘rganilib, tayinlangan qo‘shimcha ekspertizalar natijasiga ko‘ra, Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismi (nomusga tegish) bilan holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan.O‘tkazilgan tergov harakatlari natijasiga ko‘ra, J.Umirovga O‘zbekiston Respublikasi JKning 118-moddasi 3-qismi “a” bandi (shaxsning o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan holda nomusga tegish)bilan ayblov e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan, qolgan ikki nafar fuqaro A.Z. va Sh.Q., larga esa 238-moddasi 1-qismi (yolg‘on guvohlik berish) hamda 241-moddasi 2-qismlari (jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish) bilan ayblov e’lon qilinib, shu kuni ularga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov tamomlanib, ayblov xulosasini tasdiqlash va tegishli sudlovga oshirish uchun Samarqand viloyat prokuraturasiga yuborilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20201222/Khonanda-Zhasur-Umirov-amoa-olindi--15648284.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/03/15720675_0:100:1991:1593_1920x0_80_0_0_9ff1e28726a8f3fec8ec6bf4937204eb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, hodisalar
Tergov departamenti Jasur Umirov ishi bo‘yicha yangi tafsilotlarni ma’lum qildi
11:26 07.01.2021 (yangilandi: 15:41 07.01.2021) Ichki ishlar vazirligi Tergov departamenti voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda ayblanayotgan xonanda Jasur Umirov ishi bo‘yicha tergovning ayrim tafsilotlarini ma’lum qildi.
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Ichki ishlar vazirligi
Tergov departamenti voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda ayblanayotgan xonanda Jasur Umirov ishi bo‘yicha tergovning ayrim tafsilotlarini ma’lum qildi.
Tergov jarayonida aniqlanishicha: 2020-yilning 13-iyun kuni Urgut tumani “Oqmachit” mahallasida yashovchi 2003-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan fuqaro, Kattaqo‘rg‘on tumani “Kattako‘rpa” mahallasida yashovchi dugonasi 2003-yilda tug‘ilgan fuqaroning tanishi xonanda Jasur Umirov bilan yaqindan tanishish uchun borganida, J.Umirov ularni tanishining uyiga olib borib, pivo spirtli ichimligini iste’mol qildirib, uni ojizligidan foydalanib, nomusiga tekkan. Bundan tashqari aniqlanishicha voyaga yetmagan jabrlanuvchining nomusiga yana ikki nafar J.Umirovning tanishlari tekkanligini ma’lum bo‘lgan.
Avvaliga jabrlanuvchi J.Umirov u bilan ixtiyoriy ravishda jinsiy aloqa qilgani sababli, uning harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud emasligi va murojaatda ko‘rsatilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topmaganligi sababli Kattaqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandi (qilmishda jinoyat tarkibi bo‘lmasa)ga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishdan rad etish haqida qaror qabul qilingan, biroq jinoyat ishi nazorat tartibida o‘rganilib, tayinlangan qo‘shimcha ekspertizalar natijasiga ko‘ra, Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismi (nomusga tegish) bilan holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan.
O‘tkazilgan tergov harakatlari natijasiga ko‘ra, J.Umirovga O‘zbekiston Respublikasi JKning 118-moddasi 3-qismi “a” bandi (shaxsning o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan holda nomusga tegish)bilan ayblov e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan, qolgan ikki nafar fuqaro A.Z. va Sh.Q., larga esa 238-moddasi 1-qismi (yolg‘on guvohlik berish) hamda 241-moddasi 2-qismlari (jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish) bilan ayblov e’lon qilinib, shu kuni ularga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov tamomlanib, ayblov xulosasini tasdiqlash va tegishli sudlovga oshirish uchun Samarqand viloyat prokuraturasiga yuborilgan.