Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari avtohalokatga uchradi: qurbonlar bor

© PixabayZnak avariynoy ostanovki
Znak avariynoy ostanovki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qamchiq dovonida suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosariga tegishli “Gentra” jarlikka quladi. YTH oqibatida uning rafiqasi va 3 yoshli qizi vafot etgan.
TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. Qamchiq dovonida 1 yanvarga o‘tar kechasi yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. YTH oqibatida ikki kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.
YTH 31-dekabr kuni soat 23:00 larda A-373 Toshkent–O‘sh yo‘lining Pop tumani “Qo‘shminor” MFY hududidan o‘tuvchi 258-kilometrida sodir bo‘lgan. Toshkent—Qo‘qon yo‘nalishi bo‘yicha “Chevrolet Gentra” rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotgan 24 yoshli fuqaro o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan “Chevrolet Gentra” avtomashinasining orqa chap tomon qismiga urilib ketgan.
Strashnoe DTP v Namangane uneslo jizni 6-ti chelovek, vklyuchaya troix detey - Sputnik O‘zbekiston
Namanganda ayanchli YTH: olti kishi tiriklayin yonib ketdi
Natijada oldindagi “Chevrolet Gentra” avtomobili yo‘l chetiga chiqib ketib, qiyalikka ag‘darilib ketgan. Haydovchining avtomashina salonida bo‘lgan 1986-yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i va 2017-yilda tug‘ilgan qizi olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Kun.uz nashrining aniqlik kiritishicha, YTH oqibatida vazir o‘rinbosarining rafiqasi va 3 yoshli qizi vafot etgan, amaldorning o‘zi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati nashrga ma’lum qilishicha, YTHga uchragan vazir o‘rinbosari Vohid Ahmadjonov bo‘lib, u shaxsiy avtomobilida harakatlangan va oilasi bilan Yangi yil bayramini nishonlash uchun vodiyga ketayotgan bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0