O‘zbekistonda yirik shaharlarning qiyofasi tubdan o‘zgartiriladi

© mytashkent.uzTashkent-siti
Tashkent-siti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2025 yilgacha yirik shaharlarda real vaqtning o‘zida bir necha video oqimlarini parallel ravishda qayta ishlashga qodir bo‘lgan va markazdan turib shaharlarning barcha nuqtalarini bir vaqtning o‘zida nazorat qilish qobiliyatiga ega intellektual server platformalari joriy etiladi
TOShKENT, 1 yanv - Sputnik. O‘zbekistonda 2020-2025 yillarda yirik shaharlar qiyofasi tubdan o‘zgartiriladi. Xususan, aholi soni tobora o‘sib borayotgan shahalar hududi, qo‘shni aholi yashash punktlari (aglomeratsalar) hisobiga kengaytirilib, shaharlar infratuzilmasi optimallashtiriladi.
Yakutiya zimoy - Sputnik O‘zbekiston
Yaxshi xabar: Yoqutistonda “aqlli qishloq” paydo bo‘ladi
O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, transport, ichki ishlar, axborot tehnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish va innovatsion rivojlanish vazirliklari bilan birgalikda "Aqlli shahar" va "Xavfsiz shahar" dasturlari doirasida: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida, shuningdek, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Farg‘ona, Qarshi shaharlarida:
shaharlarga kiruvchi va chiquvchi demografik va transport oqimini hisobini yurituvchi;
shaharlarda harakatlanuvchi aholi va transport vositalarining qatnovini nazorat qiluvchi;
qoidabuzarliklarni yuqori maksimal ravishda aniqlab, qoidabuzarlar, shahar osoyishtaligiga xavf soluvchi va muayan qidiruv ostida bo‘lgan jismoniy shaxslar va transport vositalarini aniqlab markazga habar berish qobiliyatiga ega;
Sotrudnik firmennogo magazina pered startom prodaji umnoy kolonki Yandeks.Stansiya - Sputnik O‘zbekiston
"Aqlli" qurilmalar oldida ko‘p gapirish yaramaydi – ekspert
shaharlardagi barcha avtoturargohlar faoliyatini optimallashtiruvchi, yo‘llardagi va yo‘l chetlaridagi avto qoidabuzarliklarni avtoraqamlar orqali aniqlash mexanizmini takomillashtiruvchi;
shaharlardagi barcha davlat va mahalliy boshqaruv idoralari, bozorlar va saylgohlari va odamlar ko‘p to‘planadigan konsert zallari, muzeylar va teatrlarga tashrif buyuruvchilar haqida ma’lumot (jinsi, yoshi, tashriflar soni, kirish vaqti, ketish vaqti, ketish vaqti, kelish vaqti va hk.) to‘plash imkoniyatiga ega;
real vaqtning o‘zida bir necha video oqimlarini parallel ravishda qayta ishlashga qodir bo‘lgan va markazdan turib shaharlarning barcha nuqtalarini bir vaqtning o‘zida nazorat qilish qobiliyatiga ega intellektual server platformalaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yiladi.
Magistralniy orositelniy kanal v Krasnodarskom krae - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda “Aqlli suv” tizimi qachon ishga tushishi ma’lum bo‘ldi
Shuningdek, yirik shaharlarga bo‘lgan demografik yukni qisqartirish maqsadida yo‘ldosh shaharlar tizimini shakllantirish va ularni rivojlantirish yuzasidan asosli takliflar ishlab chiqish va ularni o‘z vaqtida amalga oshiriladi.
"Talabalar shaharchasini" shakllantirish maqsadida mavjud oliy ta’lim muasassalarni yirik shaharlar chekkasi hududiga ko‘chirish va u yerda yangi oliy ta’lim muasassalarni barpo etish bo‘yicha chora-tadbirlarni  ko‘riladi.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A. Ramatov, Bosh vazirining o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri D. Kuchkarov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlari xokimlari zimmasiga yuklatilgan.
Yangiliklar lentasi
0