O‘zbekiston va Qirg‘iziston tez orada avtobus qatnovini yo‘lga qo‘ymoqchi

© Xokimiyat Samarkandskoy oblastiZapushen noviy mejdunarodniy avtobusniy marshrut Samarkand – Turkistan
Zapushen noviy mejdunarodniy avtobusniy marshrut Samarkand – Turkistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Qirg‘iziston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchisi, Bosh vazir birinchi o‘rinbosari Artem Novikov bilan videokonferensiya shaklida kengaytirilgan muzokaralar o‘tkazdi

TOShKENT, 25 dek - Sputnik.  O‘zbekiston va Qirg‘izistonning yirik shaharlari o‘rtasida xalqaro avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi, O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot-xizmati.

Zararli mamlakatlar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston qaysi davlatlar bilan aviaaloqalarni chekladi?

Joriy yil 24-dekabr kuni O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Qirg‘iziston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchisi, Bosh vazir birinchi o‘rinbosari Artem Novikov bilan videokonferensiya shaklida kengaytirilgan muzokaralar o‘tkazdi.

Kun tartibining asosiy mavzusi sifatida alohida yo‘nalishlar bo‘yicha avval tuzilgan qo‘shma ishchi guruhlar doirasida savdo, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, transport kommunikatsiyalari va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda 8-dekabr kuni Farg‘onada bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi chegara hududlari rahbarlari va Qirg‘iziston hukumatining chegara hududlarida vakolatli vakillari Kengashining 3-yig‘ilishida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston va Qirg‘iziston vazirlik va idoralari rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Passajiri i chleni ekipajey v zale ojidaniya aeroporta Sheremetyevo - Sputnik O‘zbekiston
Dunyoda avia-qatnovlar qachon tiklanadi - Saxo Bank bashorati

Tomonlar tezkorlik bilan o‘rganishni talab etuvchi aniq masalalarni ko‘rib chiqdilar va ularni zudlik bilan hal etish mexanizmlarni ishlab chiqdilar.

Ikki mamlakat va ularning chegara hududlari o‘rtasida investitsiyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama etildi. Ushbu sohalarda tizimli hamkorlik qilish maqsadida tomonlar sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish va uning izchil amalga oshirilishini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”ni muntazam yangilab borishga kelishib oldilar.

Muzokaralarda o‘zaro savdo hajmining yanada o‘sishini ta’minlash, uning tuzilmasini diversifikatsiya qilish, shuningdek, ikki tomonlama savdo qilishda statistik ma’lumotlarni hisobga olishning yagona metodologiyasini ishlab chiqish chora-tadbirlariga alohida e’tibor qaratildi.

V Kirgizstane otkrilas bolnitsa, postroyennaya sovmestno s Uzbekistanom - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonda O‘zbekiston barpo qilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi ochildi

Tomonlar, o‘z navbatida, qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik loyihalari hayotga tatbiq etilishini batafsil tahlil qildilar va natijalari bo‘yicha har ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilari va ushbu sohadagi ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish borasida navbatdagi vazifalarni belgilab oldilar.

Muloqot chog‘ida transport va logistika sohasida strategik sheriklikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashning ustuvorligi ta’kidlandi. Havo tashishlarining qayta tiklanishi ijobiy baholanib, O‘zbekiston va Qirg‘izistonning yirik shaharlari o‘rtasida xalqaro avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, transport sohasidagi qator loyihalar bo‘yicha hamkorlikni faollashtirish, jumladan, “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘l yo‘lagini yaratish loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Muloqot davomida tomonlar chegara hududlar ma’muriyatlarini hamkorlik qilishga faol jalb etish, xususan mintaqalararo investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun alohida “Yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish muhimligini ta’kidladilar.

Yangiliklar lentasi
0