Yunusobod metrosi qurilishidagi fojia uchun hech kim jazolanmadi - OAV

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovV Tashkente obrushilas chast stroyasheysya linii metro
V Tashkente obrushilas chast stroyasheysya linii metro - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fojea sodir bo‘lishiga 4 nafar mas’ul xodimlar aybdor deb topilgan, lekin jinoyat ishi ayblilik masalasi hal etilmasdan oldin tugatilgan. 

TOShKENT, 24 dek - Sputnik. Yunusobod metrosi qurilishida sodir bo‘lgan fojea uchun hech kim jazolanmadi, ayni damda jinoyat ishi to‘xtatilgan deb xabar qilmoqda Gazeta.uz Toshkent shahar prokuraturasi ma’lumotiga asosan.

V Tashkente obrushilas chast stroyasheysya linii metro - Sputnik O‘zbekiston
Yunusobod metro qurilishida yuz bergan fojianing asl sababi ma’lum bo‘ldi

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 18-dekabrida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa tufayli 6 nafar quruvchi vafot etgan edi. O‘shanda fojeaga sabab bo‘lgan tuproq o‘pirilishiga tonnel qazish texnik xavfsizligi buzilishi hamda yog‘ingarchilik sabab bo‘lgan deyilgan edi. 

Shundan so‘ng fojeada zarar ko‘rgan oilalarga 261,9 mln so‘mdan va ana bir oila uchun — 281,6 mln so‘m miqdorida bir martalik nafaqa puli belgilagan edi. Undan tashqari,boquvchisini yo‘qotgan marhumlar oila a’zolariga oylik yordam pullari to‘lab borish ham belgilangan edi. 

Toshkent shahar prokuraturasi javob xatida ma’lum qilishicha, ushbu texnogen fojea sodir bo‘lishiga "Ko‘prik qurilish invest" UK, "Toshkent metropoliteni" UKlarning 4 nafar mas’ul xodimlari aybdor deb topilgan, lekin jinoyat ishi ayblilik masalasi hal etilmasdan oldin tugatilgan. 

"Aniqlangan qoidabuzarliklar ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilganligini inobatga olgan holda yuqorida qayd etilgan shaxslar o‘zlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishni ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib tugatishni so‘rab murojaat qilishgan”, deyiladi xatda.

Shuningdek, Mehnat vazirligi maxsus komissiyaning jabrlanuvchi oilalar da’vosi yo‘qligini  hamda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruvining yuqoridagi xodimlarga bergan ijobiy tavsifnomasini inobatga olgan holda - 2020-yil 18-mart kuni O‘zbekiston jinoyat kodeksining 84-moddasi 5-qism 2-bandiga asosan (ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan bo‘lsa) jinoyat ishi tugatildi”, — deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0