Arman-ozarbayjon chegarasida nega Rossiya FXX chegarachilari paydo bo‘ldi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishStrani mira. Armeniya
Strani mira. Armeniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
To‘qqizinchi noyabrdagi uch tomonlama kelishuvga muvofiq rossiyalik chegarachilarning Armanistonni Qorabog‘ bilan va Ozarbayjonni Naxichevan avtonom respublikasi (Ozarbayjon tarkibida) bilan bog‘lovchi Lochin va Naxchivan yo‘laklarida yangi vazifalari paydo bo‘ldi.

Armaniston hukumati rahbari Nikol Pashinyan 21-dekabr kuni Ozarbayjon bilan chegaradosh hududdagi Sunik viloyatiga tashri buyurdi. OAV xabariga ko‘ra, u keskinlik o‘sayotgan hududga aylanmoqda. Viloyat rahbari yakshanba kuni hatto aholini xavfsizlik maqsadida arman harbiylari tomonidan qo‘riqlanayotgan Sunik hududini o‘tin yig‘ish uchun o‘rmonga, mol boqish va boshqa xo‘jalik ehtiyojlar uchun tark etmaslikka chaqirdi. Osuda aholiga hech narsa tahdid solmayapti: arman va ozarbayjon chegarachilari rossiyalik hamkasblari bilan birgalikda Sunik viloyatidagi Goris-Kapan davlatlararo avtoyo‘lning Vorotan-David uchastkasida chegara naradlarini joylashtirmoqda.

Avvalroq Armaniston TIV jangovar pozitsiyalarga aniqlik kiritish ilgari tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasiga tarkibiga kirgan va Armaniston bilan chegaradosh hududlarning bir qismi Boku nazorati ostiga o‘tgandan so‘ng Ozarbayjon bilan chegarasi qismini dekmarkatsiya qilish zarurligi bilan bog‘liqligini ta’kidlagandi. Rossiyalik chegarachilarining ushbu texnik jihatdan oddiy bo‘lmagan vaziyatdagi tinchlikparvar vazifalari ravshan. Ular ehtimoliy voqealar va umuman olganda qurolli mojaro “uyg‘onishining” oldini oladilar.

Prezident Tursii Redjep Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Erdog‘anning Bokudagi paradga kelishi nimani anglatadi

Sunik viloyati va Zangelan va Kubatli aholi punktlari uchastkalaridagi Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi davlat chegarasini aniqlash “sovet” 21 kilometrli yo‘l yuzaga kelgan suverenitet va ikki respublikaning hududiy yaxlitligiga muvofiq kelmasligi bilan murakkablashadi. Mahalliy aholi uchun o‘ta hissiyotli demarkatsiya jarayoni SSSR xaritasi bo‘yicha amalga oshiriladi, yaqin kunlarda yakunlanadi va arman-ozarbayjon chegarasi orqali yo‘ldagi bexatar harakatni ta’minlashga imkon beradi. Goris-David Bek yo‘l uchastkasida to‘xtovsiz harakatni ta’minlash uchun doimiy ravishda rossiyalik chegarachilar joylashtirilmoqda.

Rossiya FXX direktori Aleksandr Bortnikov Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevga chegaralar delimitatsiyasi va demarkatsiyasi yuzasidan va mintaqa tinchligini mustahkamlash xususida Moskva pozitsiyasini aniq yetkazib uchun Yerevan va Bokuga tashrif buyurdi.

Mas’uliyat yuklangan hududlarning kengayishi

Yerevan xabariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Armanistonning xalqaro tan olingan chegaralari ortida jangovar harakatlarning qayta boshlanishi ehtimoli oshgan. Keskinlashish Sunik viloyatiga ham tarqalishi mumkin edi. Armanistonning xalqaro tan olingan chegaralarini mustahkamlash yangi xavfsizlik kafolatlarini yaratadi. Shu bilan birga, Rossiya FXX qo‘shinlari chegarachilari, Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, “Sunekda to‘liq jalb qilingan”. Ta’kidlash joizki, uch tomonlama chegara hamkorligi bir viloyat bilan cheklanib qolmaydi.

Blochno-modulniy gorodok dlya razmesheniya rossiyskix mirotvorsev v Nagornom Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Tog‘li Qorabog‘: Rossiya tinchlikparvar kuchlari uchun mobil-shaharcha barpo etildi

Armaniston hududida Tog‘li Qorabog‘dagi sentabrda ro‘y bergan keskinlashuvga qadar Rossiya FXX to‘rtta chegara otradi bo‘lgandi (Gumri, Armavir, Artashat va Megrin), jami 4500 nafarga yaqin kishi. Asosiy diqqat 300 kilometrli arman-turk chegarasini muhofaza qilishga qaratilgandi.

To‘qqizinchi noyabrdagi uch tomonlama kelishuvga muvofiq rossiyalik chegarachilarning Armanistonni Qorabog‘ bilan va Ozarbayjonni Naxichevan avtonom respublikasi (Ozarbayjon tarkibida) bilan bog‘lovchi Lochin va Naxchivan yo‘laklarida yangi vazifalari paydo bo‘ldi.

Noyabr oyi oxirida Armaniston Respublikasi chegara qo‘shinlari xavfsizligini mustahkamlash, Tog‘li Qorabog‘dagi tinchlikni saqlash uchun va arman tomonining iltimosiga ko‘ra Armaniston Respublikasidagi FXX Chegara boshqarmasi tomonidan Armaniston va Ozarbayjon chegarasida joylashtirish uchun 188 nafar qo‘shimcha harbiy xizmatchi va kerakli miqdordagi texnika ajratilgan. Bugungi kunda Rossiya FXX mintaqa boshqarmasining yangi kuchlari paydo bo‘lishi ehtimoli yuqori.

Avvaliga uch tomonlama bitim rossiyalik chegarachilar tomonidan 1000 km.ga yaqin arman-ozarbayjon chegarasini bevosita qo‘riqlashni nazarda tutmagandi. Ammo ma’lumki, 2017-yildan buyon Armanistonning Eron bilan chegarasida Rossiya FXX xodimlari bo‘lib kelgan. Ehtimol, Aleksandr Botnikovning Yerevan va Bokuga tashriflari arman-ozarbayjon chegarasida rossiyalik chegarachilarni kiritish bilan bog‘liq – arman tomonidan, arman-turk uchastkasi qo‘riqlanayotgani kabi.

Bu Tog‘li Qorabog‘da mojaroning har ikki tomoniga foydali, zero ishonchli ravishda xavfsizlikni va Armanistonning hududiy yaxlitligini ta’minlaydi. 2021-yilda harbiy xarajatlari davlat budjetining 15 foizidan oshuvchi Ozarbayjonning iqtisodiy demilitarizatsiyasiga ko‘maklashadi.

Rossiya Tog‘li Qorabog‘ aholisiga qanday yordam bermoqda - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Tog‘li Qorabog‘ aholisiga qanday yordam bermoqda - video

Mintaqa tinchligiga tahdidlar

Qorabog‘da rossiyalik chegarachilarning bo‘lishi 2020-yil 9-noyabrda ro‘y bergan tomonlar pozitsiyalarini “qotirib qo‘yishga” qodir va kelajakda mintaqa barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Aleksandr Bortnikovning Janubiy Kavkazga xizmat safarlari Armaniston, Ozarbayjon va Rossiyaning yangi uch tomonlama davlatlararo kelishuvlariga hozirlik ko‘rish bo‘lishi mumkin. Rossiya chegara javobgarligi hududlari kengayishidan tashqari Yerevan va Bokudagi yuqori lavozimli suhbatdoshlar Ozarbayjon hududida Turkiya harbiylari bo‘lishining ko‘payishi mavzusini ham muhokama qilishgan bo‘lishlari mumkin. Bo‘lish Suriya mojarosi singari davomli va rivojlanishi bilan xavfli (g‘rablik ittifoqdoshlar Anqara harbiy ta’siri kengayishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlasalar kerak hoynahoy.)

Selo Tagavard v Nagornom Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va Armaniston mudofaa vazirlari Qorabog‘dagi vaziyatni muhokama qildi

Avvalroq Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar “ozarbayjon birodarlarga” ularning “adolatli ishida” yordam berish davom ettirilishi ma’lum qilgandi. Arman tomoni bilan qurolli mojaroda Anqaraning birodarona ko‘magini ideallashtirish yaramaydi, axir Turkiya NATOga a’zo. Tashkilotning asosiy vazifasi kuchlarni proyeksiya va sayyoradagi energiya resurslarini nazorat qilishdir.

Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti ekspertlari (International Institute for Strategic Studies) ta’kidlashmoqda: “Ozarbayjonning ko‘plab odamlar va moddiy mablag‘lar bahosi bilan erishgan mavhum g‘alabasi... kelajak jangovar harakatlar uchun qiziq”.

Ustiga ustak gap nafaqat radioelektron kurash, dron va artilleriya tizimlarini jangovar qo‘llash taktikasi darslari haqida borapti. Qorabog‘dagi mojaro yangi tezkor konsepsiyalarga, markaziy kuch tuzilmalariga o‘tish zarurligini namoyish qildi.

Yaxshi o‘qitilgan va yaxshi jihozlangan armiya dushmanning texnologik ustunliklaridan qat’i nazar hamisha intizomsiz qo‘shinlarni yengadi.

G‘arbda Janubiy Kavkaz sinov poligoni yoki ippodrom (Erdog‘anga pul tikishadi) sifatida qabul qilinadi. Xorijiy harbiy tahlilchilar sovuq ravishda davom etishning variantlarini hisoblashmoqda: real harbiy tayyorgarlikka qo‘shimcha investitsiya zarur, sun’iy intellektdan foydalangan holda umumqo‘shin va ko‘p domenli amaliyotlarga diqqat qaratish. Bu geosiyosiy o‘yinda Armaniston, Ozarbayjon va Rossiyaning real xavfsizligi haqida o‘ylashmaydi.

Yangiliklar lentasi
0