Ilhomjon Ne’matov MDH Ijroiya qo‘mitasiga ishga o‘tmoqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPerviy zamestitel ministra inostrannix del Ilxom Ne’matov
Perviy zamestitel ministra inostrannix del Ilxom Ne’matov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kutilishicha, Ilhomjon Ne’matov MDH Ijroiya qo‘mitasida iqtisodiy hamkorlik masalalarini muvofiqlashtiradi.

TOShKENT, 19 dek - Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Ilhomjon Ne’matov 2021-yilning 1-yanvaridan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari vazifalarini bajarishga kirishadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Zamestitel ministra inostrannix del Respubliki Uzbekistan Ilxomjon Ne’matov - Sputnik O‘zbekiston
YeOII masalasida G‘arb yoki Sharqga qarab qaror qabul qilsak, o‘zgarish bo‘lmaydi - Ne’matov

Ilhomjon Ne’matov Namangan viloyatida tavallud topgan, Farg‘ona politexnika instituti va Moskvadagi Diplomatiya akademiyasini tamomlagan.

1992 yildan TIV tizimida faoliyat yuritadi. Ishni konsullik boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i rahbari lavozimidan boshlagan. Turli yillarda O‘zbekistonning Hindistondagi, Rossiyadagi, AQShdagi elchixonalariga rahbarlik qilgan, TIVning alohida topshiriqlari bo‘yicha elchisi, tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Iqtisod fanlari nomzodi, O‘zbekistonning Favqulodda va Muxtor elchisi diplomatik martabasiga ega.

Kutilishicha, Ilhomjon Ne’matov MDH Ijroiya qo‘mitasida iqtisodiy hamkorlik masalalarini muvofiqlashtiradi.

Yangiliklar lentasi
0