Otabek Umarov nomzodi OOK vitse-prezidentligiga ilgari surildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGlava Assotsiatsii smeshannix boyevix iskusstv Uzbekistana Otabek Umarov
Glava Assotsiatsii smeshannix boyevix iskusstv Uzbekistana Otabek Umarov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Ijroqo‘m yig‘ilishi orqali mamlakat nomidan OOK vitse-prezidentligiga nomzod vakil tavsiya etish amaliyoti o‘zbek sporti tarixida birinchi bor yo‘lga qo‘yilmoqda.

TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Kecha, 9-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Ijroiya qo‘mitasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar qildi.

Otabek Umarov - Sputnik O‘zbekiston
Otabek Umarov sport tashkilotlardagi raislik lavozimini tark etdi

Onlayn o‘tgan majlisda tashkilot oldida turgan bir qator muhim vazifalar, kelajakdagi rejalar muhokama qilib olindi. Kun tartibidan 16-dekabr kuni O‘monning Maskat shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Olimpiya Kengashining navbatdagi Bosh assambleyasiga tayyorgarlik ko‘rish, ushbu tadbirda bo‘lib o‘tadigan OOK rahbariyati tarkibiga, xususan, tashkilot vitse-prezidentligiga O‘zbekiston tomonidan taklif etiladigan nomzodni ko‘rib chiqish, masalalari o‘rin oldi.

Otabek Umarov O‘rta Osiyo MMA konfederatsiyasi rahbariga aylandi

Majlisda sport va tashkilotchilik bo‘yicha katta salohiyatga ega bo‘lgan Otabek Umarov nomzodi Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) vitse-prezidentligiga ilgari surildi. 

“OOK vitse-prezidentligiga ko‘rsatilayotgan nomzod ayni paytda eng munosib vakil deb aytishim mumkin. Bu inson sportni g‘oyatda sevadi va o‘zi ham sport bilan muntazam shug‘ullanadi. Faoliyati davomida mamlakatimizda bir qator sport turlarini rivojlantirishda, Olimpiya harakatini targ‘ib qilishda tashabbus ko‘rsatgan”, – dedi MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov.

Ta’kidlanishicha, Ijroqo‘m yig‘ilishi orqali mamlakat nomidan OOK vitse-prezidentligiga nomzod vakil tavsiya etish amaliyoti o‘zbek sporti tarixida birinchi bor yo‘lga qo‘yilmoqda.

Shuningdek, Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlari direksiyasining direktori ham saylab olindi. Ushbu mas’uliyatli lavozimga MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov bir ovozdan ma’qul ko‘rildi.

Maskatda bo‘lib o‘tadigan Bosh assambleya kun tartibidan 2030-yil bo‘lib o‘tadigan yozgi Osiyo o‘yinlari mezbonini aniqlash, tashkilot vitse-prezidentlarini saylash, 2025-yil bo‘lib o‘tadigan IV yoshlar Osiyo o‘yinlari mezbon mamlakati bilan shartnoma imzolash kabi masalalar o‘rin olgan.

Yangiliklar lentasi
0