Mixail Gorbachovning holidan qarindoshlari xabar olmay qo‘yishdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishEks-prezident SSSR Mixail Gorbachev pered nachalom voyennogo parada, posvashonnogo 74-y godovshine Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne.
Eks-prezident SSSR Mixail Gorbachev pered nachalom voyennogo parada, posvashonnogo 74-y godovshine Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachovning holidan oila a’zolari xabar olmay qo‘yishdi. Gorbachov davlat tomonidan umrbod berilgan xizmat uyida yolg‘iz yashamoqda.

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachovning holidan  oila a’zolari xabar olmay qo‘yishdi. Ayni vaqtda  siyosatchining eng yaqin odami uning yordamchisi bo‘lib qolgan. Vitaliy Manskiyning "Gorbachov. Jannat" filmini ko‘rganidan so‘ng "MK" jurnalistlari bunday xulosalarga kelishdi.

Bivshiy prezident SSSR Mixail Gorbachev - Sputnik O‘zbekiston
SSSR saqlab qolinganda, bugun dunyo qanday bo‘lar edi – Gorbachov javobi

Gorbachov davlat tomonidan umrbod berilgan xizmat uyida yolg‘iz yashamoqda. Bino qo‘riqlanadi, baland panjara bilan o‘ralgan.

Filmda SSSR sobiq prezidenti nabiralari endi uni ko‘rish uchun kelmayotganini tan oldi. Uning o‘zi o‘rnidan arang qo‘zg‘aladi va maxsus moslama yordamida harakat qiladi.

Ikkinchi qavatga chiqish uchun liftdan foydalanadi.

Gorbachovning qizi va ikki nabirasi Germaniyada yashaydi va Rossiyaga kelmaydi, siyosatchining o‘zi esa xorij safariga bora olmaydi.

Yangiliklar lentasi
0