O‘zbekistonda texnik kannabis yetishtirish uchun to‘lanadigan boj miqdori tasdiqlandi

© AP Photo / Eric RisbergKannabis v Uzbekistane: budet li legalizovan meditsinskiy preparat
Kannabis v Uzbekistane: budet li legalizovan meditsinskiy preparat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Qishloq xo‘jaligi vazirligi texnik kannabis iqtisodiy va ekologik jihatdan O‘zbekiston iqlimiga mos o‘simlik hisoblanib, uning o‘ziga xos jihatlari mavjudligi borasida ma’lumot bergan edi.

TOShKENT, 5 dek - Sputnik. Texnik kannabis yetishtirish bilan shug‘ullanish uchun to‘lanadigan boj miqdori tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati.

Izyatie marixuani - Sputnik O‘zbekiston
Qibrayda uyida kannabis yetishtirayotgan muqaddam sudlangan pensioner qo‘lga olindi

O‘simlikni yetishtirish uchun 3000 ta bazaviy hisoblash miqdori (BHM), import (eksport), qayta ishlash, saqlash, sotish (chiqarish), sotib olish va tashish uchun - bularning har biri uchun 200 BHM (taxminan 44,6 million so‘m)dan to‘g‘ri keladi.

Ushbu turdagi faoliyat bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalar olish maqsadidagi bojlar miqdori 2020-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-653-sonli "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonunining 17-moddasida ko‘rsatilgan.

Litsenziyalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan beriladi.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Qishloq xo‘jaligi vazirligi texnik kannabis iqtisodiy va ekologik jihatdan O‘zbekiston iqlimiga mos o‘simlik hisoblanib, uning o‘ziga xos jihatlari mavjudligi borasida ma’lumot bergan edi.

Jumladan, vazirlik izohiga ko‘ra:

Kannabis v Uzbekistane: budet li legalizovan meditsinskiy preparat - Sputnik O‘zbekiston
Kannabis yetishtirish O‘zbekistonga nima beradi - vazirlik izohi

- kannabis eng tez o‘suvchi ekinlardan biri bo‘lib, paxta bilan solishtirganda, 1 gektardan 4 barobar ko‘p sellyuloz olinadi;

- o‘simlikka qishloq xo‘jaligi kimoviy preparatlarini nisbatan kamroq ishlatiladi hamda suvni ancha kam talab qiladi;

- atrof-muhitni ifloslanishlardan tozalash imkonini beradi;

- aylanmadan chiqib qolgan yerlarni tiklash uchun tuproqdan kadimiy va boshqa zaharli moddalarni chiqarib olishda nihoyatda foydali;

- 110 kun ichida o‘simlik 2-3 metrga yetadi va bu bir mavsumda bir nechta hosil olish imkonini beradi;

- jahonda 40 dan ortiq davlatlarda texnik kannabisdan sanoat maqsadlarida foydalanib kelinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0