TOShKENT, 5 dek - Sputnik. Umr davomiyligini o‘n yilga uzaytira oladigan to‘rtta odat aniqlandi, deb xabar qilmoqda Express nashri amerikalik olimlar tomonidan o‘tkazilgan qator tadqiqotlarga tayangan holda.
Xususan, olimlar meva va sabzavotlar hamda donli mahsulotlarga boy O‘rtayer dengizi parheziga amal qilishni tavsiya etishmoqda. Bunday oziqlanish onkologik va yurak-qon tomir, metabolizm sindromi, tushkunlik va miya holatining yomonlashishi singari kasalliklar paydo bo‘lishi xavfini pasaytiradi.
Ikkinchidan, stress darajasini pasaytirib, hayotda quvonchli lahzalarni izlash lozim. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, baxtli insonlarda erta hayotdan ko‘z yumish holatlari 3,7 %ga pasayar ekan. Bunday insonlar ularga ko‘ra kamroq baxtli insonlardan ko‘ra 18 foiz ko‘p yashashlari mumkin.
Ekspertlar quvonch keltiruvchi xobbini topishni maslahat berishmoqda.
Bu xobbi ijodiy ish, vaqtni hayvonlarga bag‘ishlash, jismoniy mashqlar va meditatsiya bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, zararli odatlar - spirtli ichimliklar va chekishdan voz kechish lozim.
Spirtli ichimlikni meyorda iste’mol qilish erta o‘lim xatarini 17-18 foizga kamaytirsa, chekish inson hayotini o‘n yilga qisqartiradi, deb ta’kidlashadi maqola mualliflari.