Norboyeva blogerlar uning "jinsiy tarbiya" haqidagi gapini noto‘g‘ri tushunishganini aytdi

Obuna bo‘lish
Oliy Majlis Senati raisi, gender tenglik komissiyasi rahbari Tanzila Norboyeva mamlakatimizda jinsiy tarbiyani joriy qilish taklifini ilgari surganda uni jurnalist va blogerlar noto‘g‘ri tushinishganini aytdi.

TOShKENT, 5 dek - Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi, gender tenglik komissiyasi rahbari Tanzila Norboyeva blogerlar va jurnalistlar uning jinsiy tarbiya haqidagi gaplarini mutlaqo noto‘g‘ri tushinishganini aytdi.

Jenshina derjit za ruku rebenka - Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryoda uchinchi sinf bolasi qishloqdoshi tomonidan zo‘rlandi

Norboyeva bu haqda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashishga bag‘ishlangan yig‘ilishda gapirdi.

"Ajrimlarning 15 foizi bepushtlik oqibatida bo‘lyapti. Bu yerda nafaqat ayollarning, balki erkaklarning ham bepushtligi bor. Shuning uchun men jinsiy tarbiya haqida gapirganimda blogerlar va jurnalistlar mutlaqo noto‘g‘ri tushinishdi. Men jinsiy tarbiya deganimda aynan yosh qizlarimizni ham ginekologga olib borib tekshirtirish, o‘g‘il bolalarni ham urologga olib borib tekshirtirish kerakligini aytdim. Shunda shamollash asoratlarining oldini olish mumkin", – deb aytgan Senat raisi. Norboyeva sshzlarida "Gazeta.uz" iqtibos keltirmoqda.

Shuningdek, Norboyeva odamlar ajrim ko‘payishida mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va IIVni aybdor qilishayotganini aytdi. Lekin ayblash emas balki sabablarni bartaraf qilish kerakligi ta’kidlandi.

Yangiliklar lentasi
0