Singapur dunyoda birinchi bo‘lib sun’iy ishlab chiqarilgan tovuq go‘shtini sotishga ruxsat berdi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishPtitsefabriki v Novosibirskoy oblasti
Ptitsefabriki v Novosibirskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sun’iy ravishda o‘stirilgan go‘sht ishlab chiqaruvchi amerikalik tadbirkor o‘z mahsulotini Singapurda ishlab chiqarishga ruxsat oldi, ammo bunday tovuqni oddiy iste’molchilar qachon ta’tib ko‘rishlari mumkin bo‘ladi, hozircha noma’lum

TOShKENT, 2 dek - Sputnik. Singapurda dunyoda ilk bor laboratoriyada yetishtirilgan tovuq go‘shti ozuqa mahsuloti sertifikatini qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Chorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Go‘sht qimmatlashishi sabablari sanab o‘tildi

Kaliforniyada joylashgan Eat Just kompaniyasi texnologiyalari asosida sun’iy tovuq go‘shti yetishtirildi. Firma endilikda Singapurda ham o‘z filiallarini ochmoqchi, bu ish amalga oshirilgach, bunday go‘shtga restoranlarda ham buyurtma bersa bo‘ladi. Aniq muddatlar hozircha aytilmayapti.

Laboratoriyalarda tirik hujayralardan sun’iy go‘shni yetishtirishdan maqsad - jonivorlarni o‘ldirmasdan turib, go‘sht ishlab-chiqarishni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

O‘tgan yili rossiyalik olimlar yangi tug‘ilgan buzoq hujayralaridan sun’iy go‘sht yetishtirishga muvaffaq bo‘lishgani haqida xabarlar berilgan edi. O‘shanda berilgan prognozlarda sun’iy go‘shtni sanoat ko‘lamlarida 2023-yilga kelib ishlab chiqarish mumkin bo‘lishi haqida aytilgan. Ayni vaqtda "insonparvarlik" go‘sht iste’molining eng katta kamchiligi bu mahsulot narxi bo‘lib qolmoqda.

Yangiliklar lentasi
0