Rossiya diplomatlari avtomobili Qobulda minada portladi

© AFP 2023 / NOORULLAH SHIRZADAAfganskie voyennoslujashie
Afganskie voyennoslujashie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu vaqtgacha birorta terroristik uyushma qo‘lbola mina portlagani uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q

TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Qobuldagi Rossiya elchixonasi xodimlari dipmissiya avtomobili qo‘lbola portlovchi qurilmada portlab ketganidan so‘ng yengil kontuziya olishdi, deb xabar berdi Rossiya TIVning rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

Afganskiy voyenniy s pulemetom - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistondagi portlash oqibatida o‘ttizga yaqin kishi qurbon bo‘ldi

Hodisa Afg‘onistondagi elchixona binosidan unchalik uzoq bo‘lmagan hududda ro‘y bergan.

Dastlabki baholarga ko‘ra, hujumdan maqsad diplomatik mashina oldidan afg‘on xavfsizlik kuchlari pikapini portlatish bo‘lgan bo‘lishi mumkin, ammo terakt Rossiya fuqarolariga qarshi qaratilgan bo‘lishi mumkin, degan taxminni ham istisno qilib bo‘lmaydi.

"Afg‘on tomonidan hodisa bo‘yicha sinchkovlik bilan tergov o‘tkazilishini va AIR Rossiya xorijiy muassasalari xodimlarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha to‘la-to‘kis choralarni qabul qilishni talab qilamiz. Rossiya elchixonasi Qobulda diplomatik vakolatxona xodimlari va obyektlarining himoyalanish darajasini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha tadbirlarni amalga oshirmoqda", - deb xotima qildi Zaxarova.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, dipmissiyaning jabrlangan xodimlariga gospitalizatsiya talab etilmagan. Xodimlar yengil kontuziya olgan.

Ayni vaqtgacha birorta terroristik uyushma qo‘lbola mina portlatilishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Yangiliklar lentasi
0