YeI Markaziy Osiyo davlatlariga 134 million yevro yordam puli ajratdi

© REUTERS / Ralph OrlowskiFlagi Yevropeyskogo Soyuza
Flagi Yevropeyskogo Soyuza - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YeIning 2021-2027-yillardagi yangi budjet davri doirasida hamkorlik mintaqa davlatlari hayotining qishloq joylarini rivojlantirish, ta’lim sifatini yaxshilash, samarali davlat boshqaruvi va tibbiyot kabi jabhalarini qamrab olishi kerakligi aytildi.

TOShKENT, 17 noya - Sputnik. O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan "Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo" 16-vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda TIV axborot xizmati.

Flagi Yevropeyskogo Soyuza - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va YeI sheriklik va hamkorlik bitimi to‘g‘risida muzokara o‘tkazdi

Tadbirda Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi siyosat idoralari rahbarlari, Qirg‘iziston TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari hamda Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili turli sohalardagi mintaqalararo hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qilganlar.

Yevropa tashqi aloqalar xizmatining aniqlik kiritib o‘tishicha, Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo mintaqasiga sog‘liqni saqlash tizimi va ijtimoiy-iqtisodiy sohasi shoshilinch ehtiyojlarni qondirish uchun 134 million yevro budjetga ega bo‘lgan "Team Europe" moliyaviy yordamini ajratgan.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston TIV rahbari Komilov koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatish va Markaziy Osiyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining barqarorligini mustahkamlash bo‘yicha muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirishning zarurligiga e’tibor qaratgan.

Jenshina pod zontom radom s flagom YeS - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston YeI “PBT+” imtiyozli tizimining benefitsiar mamlakati maqomini olmoqchi

2019-yilda qabul qilingan YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasida ko‘zda tutilgan tashabbuslarni ro‘yobga chiqarishning borishi tahlil qilinib, mazkur yo‘nalishdagi birgalikdagi ishlarni faollashtirishning mexanizmlari ko‘rib chiqilgan.

Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo davlatlari uchun islohotlar jarayonida sherik sifatida o‘z rolini kuchaytirishga, ularning global savdo tizimiga integratsiyalashuvi va o‘zaro yaqin hamkorlik qilish harakatlarini qo‘llab-quvvatlash niyatini tasdiqlagan.

YeIning 2021-2027-yillardagi yangi budjet davri doirasida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini kengaytirishning dolzarbligi e’tirof etilib, bu jarayon mintaqa davlatlari hayotining qishloq joylarini rivojlantirish, ta’lim sifatini yaxshilash, samarali davlat boshqaruvi va tibbiyot kabi jabhalarini qamrab olishi kerakligi aytilgan.

Politolog Yuriy Svetov - Sputnik O‘zbekiston
Svetov: pandemiyadan keyin YeI mamlakatlari o‘rtasidagi munosabat qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekiston TIV rahbari mintaqaning global iqtisodiy, transport va tranzit koridorlariga chuqur integratsiyasini ta’minlash masalasi Markaziy Osiyo davlatlarining strategik vazifasi ekanligini qayd etgan.

Tovarlar va xizmatlar bozoriga chiqish imkoniyatlarini hamda iqtisodiyotni raqamlashtirish borasidagi munosabatlarni yaxshilash orqali savdo-iqtisodiy sohadagi mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Afg‘onistonda mustahkam tinchlikning o‘rnatilishi butun mintaqa barqarorligi va farovonligi kafolati bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlangan. Yirik investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish orqali mazkur mamlakatning mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga jalb qilinishi afg‘on muammosining tez fursatlarda bartaraf etilishi uchun zarur sharoitni yaratadi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri madaniy-gumanitar, turizm, fan, ta’lim va innovatsiya sohalaridagi ko‘p tomonlama aloqalarni rivojlantirish istiqbollariga ham batafsil to‘xtaldi.

Vazirlar uchrashuvi yakunlariga ko‘ra Qo‘shma kommunike qabul qiligan.

Yangiliklar lentasi
0