Rossiyada migrantlar uchun RVP kvotasi keskin qisqartirildi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishVidacha vidov na jitelstvo i razresheniy na vremennoe projivanie
Vidacha vidov na jitelstvo i razresheniy na vremennoe projivanie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan yil bilan taqqoslaganda bu ko‘rsatgich deyarli yarim baravarga qisqargan. 2020-yilda 60 270 kishiga kvota ajratilgan edi.

TOShKENT, 11 noya — Sputnik. 2021-yilda Rossiyada vaqtincha yashash guvohnomasini (RVP) 39 mingdan ziyod chet ellik fuqarolar olishi mumkin.

Mintaqalarga kvota ajratish to‘g‘risidagi farmoyishga mamlakat bosh vaziri Mixail Mishustin imzo chekdi. Unga ko‘ra, 2021-yilda 39 325 nafar xorijlik fuqaro vaqtincha yashash guvohnomasini olishi mumkin.

Nachalnik Glavnogo upravleniya po voprosam migratsii MVD RF general-leytenant Valentina Kazakova - Sputnik O‘zbekiston
“Nimanidir o‘zgartirish vaqti keldi”: Rossiyada migrantlarning ishga joylashishi osonlashadi

O‘tgan yil bilan taqqoslaganda bu ko‘rsatgich deyarli yarim baravarga qisqargan. 2020-yilda 60 270 kishiga kvota ajratilgan edi. Ikki yil ilgari esa ularni soni 90,3 mingdan ziyod kishini tashkil qilardi.

Moskva viloyati (2,5 ming), Moskva (2 ming) va Sankt-Peterburg (1,2 ming) eng ko‘p kvotaga egalik qilgan.

Rossiya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda mehnat migrantlari soni deyarli 25 foizga kamaygan. 2019-yil sentabrida 2,3 mln kishini tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilga kelib ularni soni 1,8 mln kishini tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq koronavirus pandemiyasi sabab Moskvada migrantlar yetishmasligi muammosi yuzaga kelgani xabar qilingan edi. Shuningdek, migrantlar kamayishi Peterburgdagi biznesga katta ta’sir ko‘rsatgan.

Yangiliklar lentasi
0