Koronavirus: O‘zbekistonda kasallanganlar 68,5 mingdan oshdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishProbirka s analizami krovi v rukax medrabotnika
Probirka s analizami krovi v rukax medrabotnika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yana 81 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallangan soni 65,5 mingdan oshdi. Tun davomida o‘lim holati kuzatilmadi.

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. O‘tgan tun davomida O‘zbekistonda yana 81 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 68 593 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Vrach derjit v rukax masku dlya iskusstvennoy ventilyatsii legki - Sputnik O‘zbekiston
BSST yangi pandemiyaga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi

Yangi kasallanganlarning 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 8 nafari Andijon viloyatida, 6 nafari Jizzax viloyatida, 6 nafari Qashqadaryo viloyatida, 9 nafari Namangan viloyatida, 8 nafari Farg‘ona viloyatida, 11 nafari Xorazm viloyatida, 4 nafari Navoiy viloyatida, 24 nafari Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu paytga qadar 65 762 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (96 foiz) sog‘aygan. Hozirda mamlakatda 2 247 nafar bemor davolanmoqda.

O‘tgan tun davomida koronavirusdan o‘lim holati qayd etilmagan. Qurbonlari soni 583 nafarligicha qolmoqda.

Yangiliklar lentasi
0