Koronavirus yuqtirib olish xavfini besh baravar kamaytiruvchi omil aytildi

© Sputnik / Brayan Smit / Mediabankka o‘tishProtesti v Nyu-Yorke
Protesti v Nyu-Yorke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoyda o‘tkazilgan tadqiqot ko‘znoynak taqib yurish koronavirus yuqtirib olish xavfini 5 baravarga kamaytirishi mumkinligini ko‘rsatgan.

TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Xitoylik olimlarning tadqiqotlari ko‘znoynak taqib yurish koronavirus yuqtirib olish xavfini 5 baravarga kamaytirishi mumkinligini ko‘rsatdi. Bu haqda biologiya fanlar doktori, Novosibirsk davlat universiteti professori Sergey Nesetov ma’lum qildi.

“Xitoyda ko‘zoynak taqib yuruvchilar COVID-19 ni 5 baravar kamroq yuqtirib olishini ko‘rsatgan tadqiqot o‘tkazilgan edi. Xitoyda bu yaqqol namoyon bo‘lmoqda, chunki u yerda kontakt linzalar kam taqiladi, lekin 80 foizdan ko‘proq kishi ko‘zoynak taqadi”, - dedi mutaxassis. Uning so‘zlaridan “Rossiyskaya gazeta” nashri iqtibos keltirgan.

Koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Bemorlanganlarda koronavirusga immunitet qancha vaqtdan keyin yo‘qoladi

Netesov koronavirus bemorlari orasida faqat 10 foizi ko‘zoynak taqqanlar bo‘lganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus yuqtirib olishning asosiy yo‘llari burun va ko‘zning shilliq pardalaridir. Shuning uchun ko‘zoynakdan tashqari niqob taqib yurish ham muhimdir.

“Hid bilish qobiliyatining yo‘qolishi birinchi navbatda kasallanish burun orqali ro‘y berganidan darak beradi. Bu esa COVID-19 ning eng keng tarqalgan belgilaridan biridir”, - dedi u.

Shuningdek, mutaxassis so‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra koronavirus terida 12 soatgacha yashashi mumkinligini ta’kidladi. Shu bois qo‘llarni tez-tez yuvib turish ham muhim ehtiyot chorasi sanaladi.

Sentabr oyida xitoylik mutaxasislarning ko‘zoynak kishilarga ko‘zini qo‘li bilan ushlashga imkon bermasligi, shu boisdan koronavirus bilan kasallanish xavfi kamayishi haqidagi xulosalari e’lon qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0