Dunyoda COVID-19ga chalinish holatlari bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishGospital COVID-19 v GKB № 52
Gospital COVID-19 v GKB № 52 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BSST ma’lumotlariga ko‘ra, 19-oktabrdan 25-oktabrgacha bo‘lgan davrda dunyoda 2 884 604 ta koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari qayd etilgan.

TOShKENT, 28 okt - Sputnik. So‘nggi haftada yer yuzida rekord darajada 2,8 millionta COVID-19ga chalinish holatlari qayd etildi, deb xabar bermoqda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti.

Shkola - Sputnik O‘zbekiston
BSST koronavirus pandemiyasi sababli maktablar yopilishi samarasiga baho berdi

BSST ma’lumotlariga ko‘ra, 19-oktabrdan 25-oktabrgacha bo‘lgan davrda dunyoda 2 884 604 ta koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari qayd etilgan. Shu bilan birga, COVID-19ni yuqtirgan 39 712 nafar bemor vafot etgan. Infeksiya bilan bemorlanish bo‘yicha tasdiqlangan holatlar soni undan oldingi hafta (12-18 oktabr) bilan solishtirganda 16 foizga, o‘lim holati 8 foizga ortgan.

BSSTga muvofiq, o‘tgan haftada kasallanish holatlari eng ko‘p qayd etilishi Yevropada (1 335 914 holat), Shimoliy va Janubiy Amerikada (884 318)  kuzatilgan.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. BSST taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda infeksiyalanish holatlari 43 millionga yetgan, 1,1 milliondan ziyod bemor vafot etgan.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 66 mingdan ortdi. Shu bilan birga kasallarning 96%i tuzalishga muvaffaq bo‘lgan. 

Yangiliklar lentasi
0