Mirziyoyev aholi zich hududlarda quriladigan 5 qavatli arzon uylar loyihasini ma’qulladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit Shavkata Mirziyoyeva v Sirdarinskuyu oblast
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Sirdarinskuyu oblast  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Besh qavatli uylar loyihasi qayta ko‘rib chiqilib, xonadonlarning joylashuvi va xonalarning ichki maydoni maqbullashtirildi. Qator tejamkor choralar natijasida uylarning narxi o‘rtacha 30 foizgacha arzonlashadi.

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni qurilish sohasidagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilda qishloqlarda 12 mingdan ziyod, shaharlarda 18 mingdan ortiq ko‘p qavatli turar joy barpo etilmoqda. Sardoba suv omboridagi hodisadan keyin Sardoba hamda Mirzaobod tumanlarida qisqa muddatda 86 ta besh qavatli uy qurib bitkazildi.

Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Sirdarinskuyu oblast  - Sputnik O‘zbekiston
Suv toshqinidan keyingi hayot: Sirdaryo viloyati qanday tiklanmoqda

Ta’kidlanishicha, davlat rahbari mutasaddilarga ushbu tajribadan foydalanib, loyihalarni takomillashtirish, turar joylarni aholi uchun yanada arzon qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.

Shunga muvofiq, besh qavatli uylar loyihasi qayta ko‘rib chiqilib, xonadonlarning joylashuvi va xonalarning ichki maydoni maqbullashtirildi. Qurilish materiallari loyihaga mos o‘lchamda ishlab chiqariladi, isrof bo‘lmaydi. Hovli va yo‘laklarga sensorli elektr chiroqlari qo‘yiladi. Bu kabi tejamkor choralar natijasida uylarning narxi o‘rtacha 30 foizgacha arzonlashadi.

Mirziyoyev ushbu loyihani ma’qullab, bunday turar joylarni aholi zich joylashgan barcha tumanlarda qurish zarurligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0