Andijondagi qiynoq voqeasi: tergov yakunlandi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishMolotok sudi
Molotok sudi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tergov davomida 6 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 104, 227, 234 hamda 235 moddalari bilan ayb e’lon qilingan

TOShKENT, 23 okt - Sputnik. Joriy yilning may oyida Andijon shahar Ichki ishlar organlari Faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 4-sonli ichki ishlar bo‘limi xodimlari fuqaro A.Abdukarimovni noqonuniy ushlab turgan holda iqrorlik ko‘rsatuvi berishga majburlash maqsadida zo‘rlik ishlatib bosim o‘tkazishgan. Oqibatda A.Abdukarimov vafot etgan.

Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Qiynoq ostida olingan dalillar sudda o‘tmaydi - prezident farmoni

Mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi Bosh prokuraturaning O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi ish yurituviga olinib, tergov harakatlari o‘tkazilgan.

Tergov davomida 6 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 104 (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish), 206 (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish), 227 (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish), 234 (Qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish) hamda 235 (Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash) moddalari bilan ayb e’lon qilinib, 5 nafariga “qamoqqa olish” va 1 nafariga “munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat” ehtiyet choralari qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari tamomlanib, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati sudiga mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun yuborildi.

Yangiliklar lentasi
0