Fransiyada o‘ldirib ketilgan o‘qituvchi Faxriy legion ordeni kavaleri bo‘ldi

© Sputnik / Dominik Buten / Mediabankka o‘tishUchastniki aksii pamati na ploshadi Respubliki v Parije. Aksiya proshla pod lozungom "Svoboda slova, svoboda prepodavaniya". Memorialnie aksii organizovani v Bordo, Lione, Marsele, Parije, Tuluze i drugix gorodax Fransii
Uchastniki aksii pamati na ploshadi Respubliki v Parije. Aksiya proshla pod lozungom Svoboda slova, svoboda prepodavaniya. Memorialnie aksii organizovani v Bordo, Lione, Marsele, Parije, Tuluze i drugix gorodax Fransii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘n oltinchi oktabr kuni yovuz niyatli kimsa dars vaqtida Muhammad payg‘ambarga chizilgan karikaturalarni namoyish qilgani uchun tarix fani o‘qituvchisi Samuel Patini boshidan judo qilgan edi.

TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Fransiyada vahshiylarcha o‘ldirib ketilgan tarix o‘qituvchisi o‘z o‘limidan so‘ng Faxriy legion ordeni bilan taqdirlanadigan bo‘ldi, bu haqda mamlakat ta’lim vaziri Jan-Mishel Blanker bayonot berdi.

Fransuzskie pravooxraniteli v Lille - Sputnik O‘zbekiston
Charlie Hebdo karikaturalari uchun qasos: Parijda o‘qituvchi boshidan judo qilindi

O‘qituvchi bilan vidolashuv milliy marosimi chorshanba kuni kechqurun Sorbonnada bo‘lib o‘tadi.

"Shuningdek, u Akademik palmalar ordeni bilan taqdirlanadi, bu ramziy ma’noga ega, orden murabbiylarga, ta’lim dunyosi vakillariga taqdim etiladi", - dedi Blanker BFMTV telekanali efirida.

O‘n oltinchi oktabr kuni yovuz niyatli kimsa dars vaqtida Muhammad payg‘ambarga chizilgan karikaturalarni namoyish qilgani uchun tarix fani o‘qituvchisi Samuel Patini boshidan judo qilgan edi.

Butun boshli Fransiyani larzaga solgan qotillik Konflan-Sent-Onorin kommunasi yaqinidagi maktab yaqinida yuz bergan. Jinoyatda gumon qilingan shaxs politsiya tomonidan yo‘q qilingan. Fransiya prokuraturasi terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasi rahbari Jan-Fransua Rikarning ta’kidlashicha, tajovuzni uyushtirgan shaxs 2002-yil Moskvada tug‘ilgan, kelib chiqishi chechen blgan va Fransiyada qochqin maqomini olgan.

Fransiyaning Charlie Hebdo satirik jurnali. - Sputnik O‘zbekiston
“Sharli Ebdo” o‘zining yangi karikaturasini “Qotil Xudo” deb nomladi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron yuz bergan hodisani terroristik akt, deya atagan. Yevropa chechenlar uyushmasi o‘qituvchi o‘ldirilishini qoralagan. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov halok bo‘lgan o‘qituvchining yaqinlariga hamdardlik bildirgan va Checheniston terrorizmning har qanday ko‘rinishiga qarshiligini ta’kidlagan.

Yakshanba kuni Parijda Respublika maydonida va Fransiyaning boshqa shaharlarida o‘ldirilgan o‘qituvchi xotirasiga bag‘ishlab aksiyalar o‘tkazildi. Manifestatsiyalar ishtirokchilari so‘z erkinligi, o‘qituvchilarning respublika bo‘yicha erkinligi va qo‘llab-quvvatlanishi lozimligi bitilgan shiorlar bilan chiqdilar. Parijdagi aksiyada, shu jumladan, mamlakat bosh vaziri Jan Kasteks, hukumatning qator a’zolari va shahar meri Ann Idalgolar ham ishtirok etishdi.

Yangiliklar lentasi
0