Sukuk qimmatli qog‘ozlari: prezident qarori tayyorlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Islom moliyalashtirish tamoyillari asosida qimmatli qog‘ozlarni joriy etishga doir prezident qarori loyihasi tayyorlandi.

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. “Islom moliyalashtirish tamoyillari asosida qimmatli qog‘ozlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Maket stroyashegosya v Tashkente Sentra islamskoy sivilizatsii - Sputnik O‘zbekiston
O‘xshashi bo‘lmaydi: Islom sivilizatsiyasi markazi italyan billurlari bilan bezatiladi

“Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining:

islom moliyalashtirish tamoyillari asosida qimmatli qog‘ozlarni joriy etish hamda nazorat ostidagi mol-mulk va mulkiy huquqlarga nisbatan iqtisodiy nazorat huquqini baholash va sotish (boshqaga o‘tkazish) imkoniyatini yaratadigan benefitsiar mulk huquqini belgilash va sotish (boshqaga o‘tkazish) sohasida ingliz huquqi meyorlarini qo‘llash uchun respublikada kerakli infratuzilma yaratish;

O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi O‘zbekiston Respublikasi hududida islom moliyalashtirish tamoyillari asosida qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish va muomalaga chiqarishni tartibga soluvchi vakolatli davlat organi sifatida belgilash;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlar bo‘yicha qo‘mitasi sukuk qimmatli qog‘ozlari chiqarilishining islom moliyalashtirish tamoyillariga muvofiqligini tasdiqlovchi vakolatli organ sifatida belgilash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik bersilsin”, - deyilgan hujjatda.

Sukuk qimmatli qog‘ozlari – islom moliyalashtirish tamoyillariga asosan chiqarilgan, mol-mulkka egalik qilish huquqi va mulk hamda mulkiy huquqdan foydalanish va (yoki) ulardan foydalanishdan olinadigan daromadlar, ushbu qimmatli qog‘ozlar moliyalashtirilishi maqsadida chiqarilgan ma’lum loyihalar xizmatlari yoki mol-mulkiga bo‘lgan bo‘linmas huquqni tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar.

Goskorporatsiya VEB.RF i uzbeksko-rossiyskoe SP Kamaz Asia Leasing v ramkax biznes-missii goskorporatsii v Uzbekistan podpisali kreditniy dogovor po finansirovaniyu - Sputnik O‘zbekiston
Milliy bank Rossiya banklararo axborot almashuv tizimiga qo‘shildi

Loyihada yozilishicha, sukuk qimmatli qog‘ozlari hisobiga moliyalashtirish ssuda foizi yo‘qligini nazarda tutib, sukuk qimmatli qog‘ozlarini xarid qiladigan investorlarning moliyalashtirilayotgan tadbirning daromadi evaziga kafolatlanmagan daromad olishlarini nazarda tutadi.

Sukuk qimmatli qog‘ozlarining chiqarilishi maxsus moliyaviy kompaniyani tashkil etish va qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchilarining xorijiy va mahalliy maydonchalarida maxsus moliyaviy kompaniya (keyingi o‘rinlarda – emitent) emissiyasi orqali, ikkita – ta’minlangan (asset-backed) va ta’minlanmagan (mol-mulk asosidagi (asset-based) usulda amalga oshiriladi.

Sukuk ijara qimmatli qog‘ozlari (sukuk al ijara)ni chiqarishda originator mol-mulkka bo‘lgan benefitsiar mulk huquqi (iqtisodiy nazorat huquqi)ni jalb etilayotgan moliya evaziga ijara qimmatli qog‘ozlari (sukuk al ijara)ning qayta sotib olish muddatiga benefitsiar mulk huquqi (iqtisodiy nazorat huquqi)ni keyinchalik qayta moliyaviy ijaraga olish bilan sotish majburiyatini oladi.

"Agentlik, BMT Taraqqiyot dsturi va Islom taraqqiyot banki o‘rtasida O‘zbekistonda islom moliyalashtirishni joriy etish bo‘yicha "Niyatlar bayonoti" (Statement of Intent) imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin", - deyilgan hujjatda.

Yangiliklar lentasi
0