Koronavirusga chalingan bemorlarga yordam ko‘rsatish markazida portlash yuz berdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMashina skoroy meditsinskoy pomoshi
Mashina skoroy meditsinskoy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirusga chalingan bemorlarga yordam ko‘rsatish markazida kislorod balloni portladi. Mazkur hodisa oqibatida vafot etgan fuqarolar yo‘q. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

TOShKENT, 7 okt - Sputnik. Koronavirusga chalingan bemorlarga yordam ko‘rsatish markazida portlash yuz berdi, deb xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Gospital COVID-19  v GKB № 52 - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus: 6-oktabr asosiy xabarlari

"Bugun 7-oktabr kuni soat 08:13 da Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Alpomish sport majmuasida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, saralash va taqsimlash markazida kislorod balloni yorilishi sodir bo‘ldi", - deyiladi xabarda.

Hosil bo‘lgan kinetik zarba to‘lqinidan bino oynalari parchalanib, bir nafar fuqaroga tan jarohati yetgan.

Ta’kidlash joizki, zudlik bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa tegishli xizmatlarning xodimlari voqea joyiga yetib borib, fuqarolarni xavfsiz hududga ko‘chirdilar. Mazkur hodisa oqibatida vafot etgan fuqarolar yo‘q. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Yangiliklar lentasi
0