Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro hech qachon tugamaydi – Jirinovskiy

© REUTERS / Defence Ministry of ArmeniaArmanskiy voyenniy strelyayet iz artilleriyskogo orudiya vo vremya boya s azerbaydjanskimi voyskami v Nagornom Karabaxe
Armanskiy voyenniy strelyayet iz artilleriyskogo orudiya vo vremya boya s azerbaydjanskimi voyskami v Nagornom Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro hech qachon tugamaydi, dedi Rossiya Liberal-demokratik partiya yetakchisi Vladimir Jirinovskiy.

TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro hech qachon tugamaydi, deb aytdi Rossiya Liberal-demokratik partiya yetakchisi Vladimir Jirinovskiy.

Tog‘li Qorabog‘: mojaroning keskinlashuviga dunyo qanday munosabat bildirdi va kim olovga yog‘ quymoqda?  - Sputnik O‘zbekiston
Dunyoda Tog‘li Qorabog‘ mojarosiga qanday munosabat bildirildi va kim "olovga yog‘ quymoqda"?

Uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyatning keskinlashishiga mojaro ishtirokchilarida qurol-yarog‘ning ko‘pligi sabab bo‘lgan. Faqat to‘liq demilitarizatsiya (qurolsizlantirish) muammoni hal qilishi mumkin.

"Zakavkaziyada to‘liq demilitarizatsiyani amalga oshirish kerak. Bugun barcha tomonlarning qo‘lida bo‘lgan bunday qurol hajmi bilan Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro hech qachon tugamaydi", - deb yozgan Jirinovskiy Telegram-kanalida.

Jirinovskiy Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat haqida birinchi marta fikr bildirayotgani yo‘q. Bundan avval fraksiya rahbari tan olinmagan respublikani Rossiyaning tarkibiga kiritish va hududga xalqaro maqom berishni taklif qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0