TOShKENT, 1 okt — Sputnik. O‘zbekiston-Tojikiston biznes-forumi yakunlari ko‘ra umumiy qiymati 724 mln dollarlik 308 ta investitsiyaviy va savdo bitimlari imzolandi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
O‘zbekiston va Tojikiston bosh vazirlari Abdulla Aripov Qohir Rasulzoda hamraisliklarida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Tojikiston Hukumatlararo komissiyasining 7-yig‘ilishida ikki mamlakatning tegishli vazirliklari, idoralari, tarmoq birlashmalari, aksiyadorlik jamiyatlari va ho‘jalik birlashmalari rahbarlari ham ishtirok etdi.
Tadbir davomida investitsiyaviy, savdo, bank-moliya, ilmiy-ma’rifiy, turizm va madaniy-gumanitar sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va kelgusidagi kengayishining masalalarini batafsil muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida investitsiyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha ishga solinmagan ulkan salohiyat mavjudligi qayd etildi. Tomonlar yengil sanoat, oziq-ovqat, elektrotexnika tarmoqlari, mashinasozlik, farmatsevtika va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalarida yangi sanoat kooperatsiyasi loyihalari ustida birgalikda ishlashga kelishib olishdi.
Shu munosabat bilan, savdo qilish jarayonlarini yengillashtirish, mavjud to‘siqlarni birgalikda bartaraf etish va savdo aylanmasi tuzilmasini diversifikatsiyalashga qaratilgan choralarni ishlab chiqish bo‘yicha ekspert maslahatlashuvlarini o‘tkazish, har ikki mamlakat hududlarida savdo uylarini tashkil etish masalasi ustida ishlash kabi o‘zaro savdo-sotiqning o‘sishini ta’minlash bo‘yicha keyingi harakatlar kelishib olindi.
O‘zbekiston va Tojikiston qanday qilib o‘zaro tovar aylanmasini 1 mlrd $ ga yetkazishi mumkin
Tomonlar bojxona va chegara nazorati tartiblarini optimallashtirish, shuningdek, temir yo‘l infratuzilmasi obyektlarini qurish, modernizatsiya qilish va jihozlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish zarurligi to‘g‘risida kelishib oldi.
Aripov: Tojikiston bilan o‘zaro tovar aylanmasini 1 mlrd $ ga yetkazish imkoniyatiga egamiz
Eslatib o‘tamiz, Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi 29 sentabr kuni Dushanbe shahriga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Abdulla Aripov Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va mamlakat bosh vaziri Qohir Rasulzoda bilan uchrashdi.