TOShKENT, 1 okt - Sputnik. Moskva shahri hududida faoliyat yuritayotgan korxonalar 5-oktabrdan xodimlarining 30%ini masofaviy ishlash tartibiga o‘tkazishi kerak. Bu haqida shahar meri Sergey Sobaninning farmoni e’lon qilindi.
Undan tashqari Moskva korxonalari yoshi 65dan katta bo‘lgan va surunkali kasalliklarga ega bo‘lgan xodimlarni ham masofaviy ishlash tartibiga o‘tkazishi kerak.
Bunday tartib poytaxtdagi epidmiologik vaziyat bilan bog‘liqdir. Bir necha kun oldin shahar meri tomonidan e’lon qilingan xodimlarni masofaviy ishlashga o‘tkazishi haqidagi tavsiyanomaga ko‘pchillik quloq solmagan edi.
- Biz tavsiyanomalarimiz metro va yer usti transportida odamlar sonini kamaytiaradi deb umid qilgan edik, lekin afsuski bunday bo‘lmadi. Bir qator korxonalar bizning maslahatga quloq solishdi, lekin jamoat transportida odamlar sonini kamayishi kuzatilmadi. Endi ish beruvchilar majburiy tartibda ayrim xodimlarni masofaviy ishlashga o‘tkazishi kerak bo‘ladi", - dedi Sergey Sobanin.
Faqat tibbiyot muassasalari, mudofaa korxonalari, Roskosmos, Rosatom va boshqa strategik muassasalar odatiy tartibda ishlashda davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi sutka davomida Moskvada 2424 kishida koronavirus aniqlangan. Epidemiya boshlangan vaqtdan buyon 295 025 kishi zararlangan.
Rossiyada Moskva eng ko‘p aholi zararlangan hudud bo‘lib qolmoqda. Ikkinchi o‘rinda Moskva viloyati - 73 832 kishi. Sankt-Peterburgda — 43 306 kishi.
Reklama