Ekspertning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida o‘zaro tovar aylanmasini oshirish salohiyati yuqori darajada.
Mutaxassis Sovet Ittifoqi parchalanib ketgandan so‘ng Tojikistonda O‘zbekiston hukumatining mayli yo‘qligi tufayli respublika bilan hamkorlik qilish kayfiyati keskin pasayib ketganini qayd etdi. Ammo hokimiyat tepasiga yangi prezident kelgandan so‘ng har ikki tomon o‘z munosabatlarini rivojlantirishga astoydil bel bog‘lashdi.
“O‘zbekiston Tojikistonga katta hajmda tabiiy gaz yetkazib berishi mumkin, buning ustiga hozir Xorazm va Qoraqalpog‘istonda yangi gaz konlari ochildi”, - deydi Umarov.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Tojikistonga turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish hamda qo‘shni respublikaga temir yo‘llarni modernizatsiya qilishga yordam berish imkoniyatiga ega.
“Hozirda Toshkent va Buxoro o‘rtasida harakatlanayotgan tezurar poyezdlar kelajakda Dushanbe shahrigacha ham harakatlanishni boshlaydi”, - deya fikr bildirdi ekspert.
Hojamahmud Umarovning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston o‘z navbatida ko‘plab mahsulot turlarini o‘zbek bozoriga yetkazib berishni ko‘paytirishi mumkin.
“O‘zbekistonda yuqori sifatli sement tanqis. Tojikiston bu borzorga uch million tonnadan ziyod sement yetkazib berish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, Tojikistonda elektr energiyasi keragidan ortiqcha ishlab chiqariladi. Yoz mavsumida O‘zbekistonga uch milliard kilovatt-soatgacha elektr energiyasini uzatishimiz mumkin”, - deya ta’kidladi Umarov.
U kelajakda har ikki mamlakat mehnat migratsiyasi sohasida ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi zarur deb hisoblaydi. Chunki hozirda yuqori malakali ishchi kuchiga doimiy talab mavjud.
Eskpertning to‘liq izohini quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.