AQSh siyosat kuchi bilan iqtisodiy g‘alabaga erishmoqchi - ekspert

Rukovoditel Sentra ekonomicheskix issledovaniy Instituta globalizatsii i sotsialnix dvijeniy RF Vasiliy Koltashov
Rukovoditel Sentra ekonomicheskix issledovaniy Instituta globalizatsii i sotsialnix dvijeniy RF Vasiliy Koltashov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevropa uglevodorodlar bozorida iqtisodiy yo‘l bilan Rossiyani yenga olmagan AQSh siyosiy bosimni tobora kuchaytirmoqlda.

TOShKENT, 29 sen - Sputnik. AQSh bugungi kunda Yevropada olib borayotgan siyosatining asl maqsadi nima? Ushbu mavzuda o‘z mulohazalarini Globalizatsiya va ijtimoiy harakatlarni o‘rganish institutining Iqtisodiy izlanishlar markazi direktori Vasiliy Koltashov aytib berdi.

Logotip proyekta Severniy potok - 2 na odnoy iz trub - Sputnik O‘zbekiston
Amerika gazining qo‘lidan Rossiya gazining o‘rnini bosa olish keladimi

AQSh Yevropa uglevodorodlar bozoridan raqobatchilarni noiqtisodiy uslublar bilan siqib chiqarishga harakat qilmoqda. Bugungi kunda Shimoliy Yunonistonda ularning harbiy guruhi kuchaytirilishining sababi ham ana shunda. 

Donald Trampning geostrategik maqsadi - Yevropani Rossiya va "Gazprom" ta’siridan xoli qilish. Bu haqida AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Afinaning AMNA agentligiga ma’lum qilgan. 

AQShni "Shimoliy oqim-2" va umuman Rossiyadan Yevropaga uglevodorodlar yetkazib berish taqdiri juda ham xavotirga solmoqda. Bunga, jumladan, bir qator AQSh ichiki muammolari ham sabab bo‘lmoqda. 

"Amerika iqtisodiyoti tobora kuchayib kelayotgan muammolarga duch kelmoqda. Ushbu vaziyatda AQSh hukumati Yevropaga suyultirilgan gaz yetkazib berish buyurtmasini aynan AQSh amalga oshirishini istaydi. Iqtisodiy yo‘l bilan buni amalga oshirish ularning qo‘lidan kelmaydi. (chunki suyultirilgan gaz qimmatga tushadi) Shu sababli ham AQSh Rossiyani Yevropa uglevodorodlar bozoridan noiqtisodiy uslublar bilan siqib chiqarishga harakat qilmoqda", - deydi Koltashov. 

Boshqa tomondan qaraganda Yevropaning barcha davlatlari ham AQSh ta’siri ostida emas. Har holda o‘zi manfaatini unutadigan darajada emas. Ustiga ustak shu kunlarda yevro ham dollarga nisbatan qimmatlashmoqda. Bunday sharoitda Amerika suyultirilgan gazini sotib olish yanada qimmatga tushadi. 

Shunday bo‘lsada AQSh "Shimoliy oqim-2"ni to‘xtatish uchun siyosiy bosimni tobora kuchaytirib kelmoqda va bir qator davlatlardan Rossiya bilan energetika masalasida hamkorlikni to‘xtatishni talab qilmoqda. 

AQSh Yunonistonda o‘z harbiy kuchi miqdorini oshirishda "Turkiya tahdidi"dan ham foydalanmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0