Oltita hududda qariyb 200 ta koronavirus bilan kasallanish holati aniqlandi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishKoronavirus
Koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda mamlakatda 3 224 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 483 nafari og‘ir, 246 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘tgan tun davomida O‘zbekistonda yana 197 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 47 620 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Bolnichnaya palata - Sputnik O‘zbekiston
COVID-19: O‘zbekistonda qurbonlar soni 390 nafarga yetdi

Yangi kasallanganlarning 144 nafari Toshkent shahrida, 23 nafari Toshkent viloyatida, 10 nafari Namangan viloyatida, 8 nafari Surxondaryo viloyatida, 7 nafari Farg‘ona viloyatida, 5 nafari Qashqadaryo viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Sergeli tumanida yashagan 57 yoshli R.R. (ayol) hamda Yunusobod tumanida yashagan 33 yoshli L.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Qurbonlarning umumiy soni 394 nafarni tashkil etmoqda.

Shu paytga qadar 44 002 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3 224 nafar bemor davolanmoqda.  Ulardan 483 nafari og‘ir, 246 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0