O‘zbekistonda sel xavfi e’lon qilindi

© Sputnik / Anatoliy UstinenkoNa ulitse posle sxoda selevogo potoka
Na ulitse posle sxoda selevogo potoka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko‘ra, 26-27 avgust kunlari mamlakat hududida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.

TOShKENT, 25 avg - Sputnik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi sel xavfi haqida ogohlantirish berdi..

Qayd etilishicha, 2020-yilning 26-27 avgust kunlari respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.

"Tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholi diqqatiga!

Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni, noxush holatlar yuzaga kelganda, FVVning 1050 raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz", - deyiladi vazirlik ma’lumotida.

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko‘ra, 26-27 avgust kunlari mamlakat hududida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0