Minskdagi tartibsizliklarda bir kishi halok bo‘ldi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishProtesti v Belarusi
Protesti v Belarusi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belarus IIV rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, namoyishchilardan biri militsiya xodimlari tomon noma’lum portlovchi qurilmani uloqtirishga uringan.

TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Minskdagi ommaviy tartibsizliklar vaqtida bir erkak halok bo‘ldi. Bu haqda Sputnik Belarus mamlakat IIV rasmiy vakili Olga Chemodanova so‘zlariga tayangan holda xabar qildi.

Kakim mi zapomnili vecher 9-avgusta? Video protestov v Minske - Sputnik O‘zbekiston
Minskdagi tartibsizliklar: saylovlardan keyin nimalar yuz berdi - video

“Maydondagi qurshovni to‘xtatish uchun yetib kelgan spesnazga qarshilik ko‘rsatish vaqtida namoyishchilardan biri huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomon noma’lum portlovchi qurilmani uloqtirishga urindi”, - dedi Chemodanova.

Uning aniqlik kiritishicha, qurilma erkakning qo‘lida portlab ketgan va olgan jarohati tufayli hayotdan ko‘z yumgan

Hodisa joyida tergov-tezkor guruhi surishtiruv ishlarini olib bormoqda va hodisa tafsilotlari aniqlanmoqda.

Belarusda prezident saylovlaridan so‘ng norozilik namoyishlari 10-avgust kuni ham bo‘lib o‘tdi. Saylov natijalaridan rozi bo‘lmagan fuqarolar Minsk markazida to‘plandi. Huquq-tartibot va namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi. Hozirda namoyishchilar tarqatib yuborilgan.

Yangiliklar lentasi
0