TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘zbekistonda tun davomida yana 211 kishiga koronavirus tashxisi qo‘yildi. Kasallanganlarning umumiy soni 30 820 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.
Yangi kasallanganlarning 176 nafari Toshkent shahrida, 24 nafari Toshkent viloyatida hamda 11 nafari Sirdaryo viloyatida aniqlangan.
Shu bilan birga, Qibray tumanida yashagan 44 yoshli A.A. (erkak) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 68 yoshli U.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Qurbonlar soni 196 nafarga yetdi.
Shu paytga qadar 22 042 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (72 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 8 582 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 1 378 nafari og‘ir, 386 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.