Alsgeymer daf bo‘l: to‘g‘ri ovqatlanish kasallikning oldini olishga yordam beradimi?

© Unsplash / Bret KavanaughInstallyatsiya s izobrajeniyem mozga
Installyatsiya s izobrajeniyem mozga - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Alsgeymer kasalligi demensiyaning eng keng tarqalgan shakli bo‘lib, unga barcha holatlarning 80 foizi to‘g‘ri keladi.

Kirill Bakeyev. Ko‘pincha OAVlarda Alsgeymer kasalligi rivojlanishidan biron bir mahsulot saqlab qolish mumkinligi haqida xabarlar tarqatiladi. Ammo bu yerda gap nafaqat ovqatlanishda.

Sirdarinskaya oblast proslavilas sortami din kak Torpeda i Obi-navvat - Sputnik O‘zbekiston
Kimlarga qovun yeyish mumkin emas?

Alsgeymer kasalligi demensiyaning eng keng tarqalgan shakli bo‘lib, unga barcha holatlarning 80 foizi to‘g‘ri keladi. BSST ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda ushbu kasallikdan 50 millionga yaqin odam aziyat chekmoqda. Tashkilot prognozlariga ko‘ra, 2050-yilga kelib bu ko‘rsatkich uch baravar ko‘payadi.

Kasallik hech kimni ayamaydi. AQSh sobiq prezidenti Ronald Reygan va Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Margaret Tetcher ham turli vaqtlarda Alsgeymerdan aziyat chekishgan.

Keng tarqalganligiga qaramay, Alsgeymer kasalligi kam o‘rganilgan. Uning paydo bo‘lish sabablari bo‘yicha yagona bir fikr hamon shakllanmagan. To‘rtta bir-biriga raqobatdosh nazariya mavjud bo‘lib, ularning har birining o‘z tarafdorlari va qarshilari ham bor. Bugungi kunda shunisi ma’lumki uni davolab bo‘lmaydi. Mavjud davolash usullari faqatgina ba’zi alomatlarini yengillashtirishi mumkin. Bundan tashqari, unga oldinroq tashhis qo‘yish ham qiyin. Shundan kelib chiqqan holda, profilaktika usullari ham juda oz, ularning barchasi asosan qarilikda kasallikning rivojlanish xavfini kamaytirishga qaratilgan.

Aksariyat olimlar turmush tarzining ayrim xususiyatlari ushbu xavfni oshirishi yoki kamaytirishi mumkinligi fikriga qo‘shilishadi. Ular orasida yetarlicha jismoniy va aqliy faoliyat darajasi, yetarli uyqu va ovqatlanish. Ovqatlanish omili, ayniqsa ko‘p munozaralar mavzusiga aylanmoqda. Shunga qaramay, ovqatlanish va Alsgeymer kasalligini rivojlanishi xavfini kamaytirish o‘rtasida bog‘liqlik aniq mavjud.

Masalan, AQShdagi Kek tibbiyot maktabining olimlari Alsgeymer bilan kasallangan sichqonlar yashil choy va sabzi iste’mol qilganida kognitiv testlari ko‘rsatkichlari yaxshilanganini aniqlashdi (shunday testlar odamlarda kasallikni aniqlash uchun ishlatiladi). Albatta, kemiruvchilarga hech kim sabzi bilan bir piyola ko‘k choy uzatmagan. Ularga ushbu mahsulotlarning ekstraktlari berilgan. Olimlar yashil choydan epigallokatexin gallati deb nomlangan moddani va sabzidan ferul kislotasini ajratib olishdi. Ushbu birikmalarning kombinatsiyasi xotirani yaxshilash samarasini berdi. Ammo bu sichqonlarda, insonlarda sinovlar hali o‘tkazilmadi.

Agar odamlar haqida gapiradigan bo‘lsak, hozirgi kunga ovqatlanish va Alsgeymer kasalligi rivojlanishi xavfini kamaytirish o‘rtasidagi eng qiziq bog‘liqlikni MIND diyetasi deb atalmish - O‘rta yer dengizi parhez va gipertoniyani oldini olish va davolashda tavsiya etiladigan parhezni birikmasi qo‘rsatdi. Mualliflarning ta’kidlashicha, parhezning ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilganlar kasallanish xavfini 53% ga kamaytirishga muvaffaq bo‘lishgan.

Albatta, bunday tadqiqotlarni ko‘proq ko‘rishni istardik, ammo ular hali mavjud emas. Qanday bo‘lmasin, parhez shartlari sog‘lom ovqatlanish ovqatlanishning umumiy qoidalariga mos keladi - yetarli miqdordagi meva va sabzavotlarni iste’mol qilish, qizil go‘sht va qayta ishlangan mahsulotlar iste’molini kamaytirish, shuningdek shakarni nazorat qilish.

Yangiliklar lentasi
0