O‘zbekiston to‘plangan oltinni qay tarzda oqilona taqsimlashi mumkin - Bogdanov

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston o‘z oltin-valyuta zaxiralarini ushlab turishi kerakmi yoki ularning bir qismini loyihalarga yo‘naltirgani va iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlagani yaxshiroqmi, QBF yetakchi tahlilchisi Oleg Bogdanov shu  haqda fikr bildirdi

O‘zbekiston iqtisodiyotni zudlik bilan inqirozdan chiqarish uchun oltin-valyuta zaxiralarini sotishni boshlashi kerak. Bu haqda Kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha Respublika agentligi direktori Otabek Nazirov ma’lum qildi.

Analitik finansovoy gruppi Kalita-finans Dmitriy Golubovskiy - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert oltin va kumush narxlarining ko‘tarilish sababini tushuntirdi

"Oltinning narxi eng yuqori nuqtada turibdi, iqtisodiy faoliyat esa, aksincha, eng quyi qismda, o‘ylaymanki, iqtisodni yanada pasayish va ishsizlikning ko‘payishidan zudlik bilan qutqarish uchun aynan hozir oltin-valyuta zaxiralarini sotib, mablag‘lardan foydalanish kerak ...", - deb yozdi u o‘zining Facebook-dagi sahifasida.

QBF yetakchi tahlilchisi Oleg Bogdanov, O‘zbekiston oltin zaxiralarini oqilona boshqarishi kerak, chunki oltin-valyuta zaxiralarini to‘plash unchalik oson emas, deb hisoblaydi.

"Iqtisodiy qiyinchiliklar yildan-yilga o‘zgarishsiz bo‘lib qolmoqda va oltin-valyuta zaxiralarini shunday hajmda to‘plab olish juda qiyin. Dunyo moliyasida ro‘y berayotgan vaziyatdan kelib chiqib, agar respublika hukumati  hozirda iqtisodiyotni haqiqatda qo‘llab-quvvatlash kerakligiga ishonsa,  O‘zbekistonga ushbu oltin-valyuta zaxiralari hisobiga uzoq muddatli kredit olish afzalroq bo‘ladi. Bu kabi kreditni olib, mablag‘larni qandaydir maqsadli tarmoqlarga yo‘naltirish kerak", - dedi mutaxassis Sputnik O‘zbekiston bilan suhbatda.

Proizvodstvo zolota - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yil boshidan buyon qancha oltin sotdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari nolga yaqin, shuning uchun agar qarz olish imkoni bo‘lsa, qimmatlayotgan aktivni sotishning keragi yo‘q.

Bogdanov ishonchi komil: dunyoda pul miqdori juda ko‘p, kreditlar hatto reytingi past bo‘lgan davlatlarga ham berilmoqda.

"Keyingi uch yil ichida yana 20-30 foizga ko‘paytirish mumkin bo‘lgan zaxiralarni sotishning nima keragi bor? Mening fikrim quyidagicha. Lekin, umuman olganda, hech kim hech narsani sotmayapti. Ro‘y berayotganlarning asli mohiyati quyidagida: markaziy banklar jahon bozorida oltinni sotishni butunlay to‘xtatdilar. Aksincha, ular sotib olishmoqda, aynan shuning uchun uning narxi so‘nggi yillarda faol o‘sib bormoqda", - deya qo‘shimcha qildi tahlilchi.

Uning fikricha, O‘zbekiston ushbu siyosatdan chetlashmasligi kerak.

Yangiliklar lentasi
0