O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro kimyo olimpiadasida kumush va bronza medalni qo‘lga kiritdi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishUrok ximii
Urok ximii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Unda dunyoning 60 ta davlatidan jami 235 nafar iqtidorli o‘quvchi ishtirok etdi. O‘zbekistonlik o‘quvchilar kumush va bronza medaliga ega chiqishdi.

TOShKENT, 2 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik o‘quvchilar 52-Xalqaro kimyo olimpiadasida kumush va bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, 52-Xalqaro kimyo olimpiadasi Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli ushbu nufuzli xalqaro olimpiada 2020-yil 25-iyulda masofaviy tarzda o‘tkazildi.

Predstaviteli Uzbekistana zavoyevali 6 medaley Mendeleyevskoy olimpiadi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston vakillari Mendeleyev olimpiadasida 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Unda dunyoning 60 ta davlatidan jami 235 nafar iqtidorli o‘quvchi ishtirok etdi. Joriy yilgi olimpiadada o‘quvchilar laboratoriya kimoviy tajribalarisiz o‘tkazishdi. Olimpiada sinov jarayonini nazoratchilar 4 ta veb-kamera yordamida kuzatib borishdi.

Masofaviy olimpiada Toshkent pediatriya tibbiyot institutining akademik litseyida sanitariya gigiyena hamda karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda tashkil etildi.

Olimpiadasida mamlakat sharafini respublika fan olimpiadalari g‘oliblari orasidan saralab olingan akademik litsey va maktablarning 4 nafar iqtidorli o‘quvchisi himoya qildi.

“Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi akademik litsey o‘quvchilari Mirumid Mirakbarov va Dilshodaxon Isayevalar muvaffaqiyatli ishtirok etib, kumush medalga sazovor bo‘lishdi. Shuningdek, Buxoro shahridagi 35-sonli maktab o‘quvchisi Firdavs Sobirov bronza medalini qo‘lga kiritdi”, - deyilgan xabarda.

G‘oliblarning medal va diplomlari Turkiyadagi tashkiliy qo‘mita tomonidan pochta orqali jo‘natiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston vakillari 54-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida 6 ta medalni qo‘lga kiritgani va umumjamoa hisobida bronza medalga ega chiqqani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0