O‘zbekistonda avgust oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

© Sputnik / Maksim BlinovOtdixayushie v parke iskusstv Muzeon v Moskve
Otdixayushie v parke iskusstv Muzeon v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avgust harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda. Qisqa muddatli yomg‘irlar asosan respublikaning tog‘li va tog‘oldi hududlarida kuzatiladi.

TOShKENT, 1 avg - Sputnik. O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga Volgabo‘yidan nam va salqin havo oqimi kirdi. Shu bois, avgust oyi boshida nam va salqin havo butun respublika hududiga tarqaladi, deb xabar qiladi O‘zgidromet bosh sinoptigi Irina Zayseva.

Tashkentsi kupayutsya v fontane, spasayas ot jari - Sputnik O‘zbekiston
Sinoptiklar O‘zbekistonda jazirama yozni prognoz qilmoqda

1 avgustda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘irlar faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kuzatilishi mumkin, mamlakatning qolgan hududida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, harorat 30-33 daraja atrofida bo‘ladi.

2 avgustda respublikaning katta qismida ob-havoning yana kam bulutli va quruq bo‘lishi kutilmoqda, faqat ba’zi tog‘li va tog‘oldi hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Keyingi haftada ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat asta ko‘tariladi va ana 36-39 darajani tashkil qiladi.

Snejinka. Krupniy plan - Sputnik O‘zbekiston
Sinoptiklar: Moskvada yozda qor yog‘ishi - bu odatiy hol

Keyinchalik avgust harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda. Qisqa muddatli yomg‘irlar asosan respublikaning tog‘li va tog‘oldi hududlarida kuzatiladi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 32-37 daraja atrofida, ayrim kunlarda 40 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda.

Oyning so‘nggi o‘n kunligida kunduzgi harorat 28-33 darajagacha pasayishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyi O‘zbekistonda yilning eng quruq oyi hisoblanadi.

Avgust oyida yog‘ingarchilikli kunlar o‘rtacha 1-2 kunni, Farhona vodiysi va tog‘larda −3-6 kunni tashkil qiladi. O‘rtacha yog‘inlar miqlori mamlakatimiz hududining katta qismida 1-2 mm, ayrim joylarda 3-4 mm, tog‘oldi va tog‘larda 10-20 mm ni tashkil qiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0