BAAda arab dunyosida birinchi atom stansiyasi ishga tushirildi

© CC BY-SA 4.0 / Wikiemirati /OAE zapustili pervuyu v arabskom mire atomnuyu stansiyu
OAE zapustili pervuyu v arabskom mire atomnuyu stansiyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Barakadagi AES umumiy quvvati 5,6 megavattdan iborat to‘rtta energobloklardan iborat bo‘ladi. Umumiy bahosi 25 milliard dollar bo‘lgan elektrstansiya qurilishi 2011-yilda boshlangan va 2017-yilga kelib stansiya elektr energiyani ishlab chiqara boshlashi umid qilingan edi.

TOShKENT, 1 avg - Sputnik. Birlashgan arab amirliklari bosh vaziri va Dubay hukmdori Muhammad bin Rashid Al Maqtum shanba kuni arab dunyosida birinchi bo‘lgan "Baraka" atom stansiyasi ishga tushirilgani haqida e’lon qildi.

MAGATE - Sputnik O‘zbekiston
XAEA O‘zbekistonga AES qurishda ko‘maklashishni davom ettiradi

"Bugun biz ommaga BAAda Abu-Dabidagi Barakah stansiyasida arab dunyosida birinchi bo‘lgan tinch atom reaktori ishga tushirilgani haqidagi muvaffaqiyat haqida e’lon qilamiz. Mutaxassislar yadroviy yoqilg‘ini yuklab, kompleks sinovlarni o‘tkazdilar va ishga tushirish bo‘yicha operatsiyani muvaffaqiyatli yakunladilar", - deb yozgan bosh vazir Twitter ijtimoiy tarmog‘ida.

Uning ta’kidlashicha, BAA "davlatning elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojining chorak qismini xavfsiz, ishonchli va ekologik jihatdan toza holda ta’minlab beradigan to‘rtta atom elektr statsiyasini ekspluatatsiya qilmoqchi". Bosh vazir BAA tomonidan amalga oshirilayotgan atom elektr stansiyasi va kosmik tadqiqotlarni arablar ilm-fanda o‘z yo‘llarini qayta yangilash va boshqa buyuk millatlar bilan bu borada raqobatlashishga qodirlik ekanliklari haqida "dunyoga yo‘llangan xabar" deya atadi.

Sergey Prixodko - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekistonga AES qurilishi uchun kredit berishi mumkin

Barakadagi AES har biri umumiy quvvati 5,6 megavattdan iborat to‘rtta energobloklardan iborat bo‘ladi.

Avvalroq, BAA atom faoliyatini tartibga solish federal agentligi (FANR) bosh direktori Xrister Viktorsson RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida, arab dunyosidagi birinchi Baraka atom elektr stansiyasi, agentlik uning faoliyati uchun litsenziya chiqargach hamda yadro yoqilg‘isi yuklanganidan so‘ng, 2020-yil boshida ishga tushirish mumkinligini aytgan edi.

Umumiy bahosi 25 milliard dollar bo‘lgan elektrstansiya qurilishi 2011-yilda boshlangan va 2017-yilga kelib stansiya elektr energiyani ishlab chiqara boshlashi umid qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0