“Straus House” mansabdorlari 7-yildan 9-yilgacha qamaldi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoMujchina derjit naruchniki
Mujchina derjit naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Straus House” mansabdorlari ustidan sud hukmi e’lon qilindi. MChJ ta’sischisi bir modda bilan oqlandi, qolganlari bilan esa 9-yilga kesildi.

TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida “Straus House” mansabdorlariga nisbatan sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Sud hukmiga ko‘ra, “Straus House” MChJ ta’sischisi I.Isroilov O‘zbekiston JKning 238-moddasi (yolg‘on guvohlik berish) 3-qismining “a” bandi bilan oqlanib, 168-moddasi 4-qismining “a”, “v” bandlari, 184-moddasining 3-qismi, 189-moddasining 1-qismi, 243-moddasi va 227-moddasi 2-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

“Straus House” MChJ direktori A. Maxmutaliyev JKning 168-moddasi 4-qismining “a”, “v” bandlari, 184-moddasining 3-qismi, 189-moddasining 1-qismi va 227-moddasi 2-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga uzil-kesil o‘tash uchun 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Straus house direktori Isroilov Ibrohim - Sputnik O‘zbekiston
Jo‘ja sanash nasib etmadi - Straus House direktori hibsga olindi

“Straus House” MChJ direktori o‘rinbosari D. Qutpiddinov JKning 168-moddasi 4-qismining “a”, “v” bandlari, 184-moddasining 3-qismi, 189-moddasining 1-qismi va 227-moddasi 2-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga uzil-kesil o‘tash uchun 8 yil 5 oy 26 kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Ular tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashadi.

“Straus House” MChJ bosh hisobchisi O. Saidov JKning 168-moddasi 4-qismining “a”, “v” bandlari, 184-moddasining 3-qismi, 189-moddasining 1-qismi va 227-moddasi 2-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga uzil-kesil o‘tash uchun 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Jinoyat ishi yuzasidan xatlangan mol-mulk tegishli tartibda jabrlanuvchilarga nisbatan yetkazilgan zararlar o‘rnini proporsional tartibda qoplash uchun qaratilishi belgilandi.

Ibroxim Isroilov - Sputnik O‘zbekiston
“Straus House” ta’sischisi tuyaqush o‘rniga Malibu sotib olgan

Sudlanuvchilar I. Isroilov, A. Maxmutaliyev, D. Qutpiddinov va O. Saidovlardan solidar tartibda tegishli tartibda davlat foydasiga 222 386 043 so‘m undirilishi belgilandi.

I. Isroilovdan “EZOZ MAX” va “SFS MAX” MChJlarning faoliyati yuzasidan jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar undirilishi belgilandi.

I. Isroilov, A. Maxmutaliyev, D. Qutpiddinov va O. Saidovlardan solidar tartibda “Straus House” MChJning faoliyati yuzasidan jabrlanuvchilar foydasiga yetkazilgan moddiy zarar miqdori undirilishi belgilandi.

Jinoyat ishi yuzasidan O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamentining ATIB “Ipoteka bank” Mehnat filiali hisob-raqamida saqlanayotgan hamda xatlangan Pokistonning “Chemikals & Marbels Lahore Pakistan” kompaniyasiga tuyaqush jo‘jalarini sotib olish maqsadida shartnomaga asosan ko‘chirilgan 1 854 000 000 so‘m miqdoridagi pullar tegishli tartibda yetkazilgan moddiy zararlarni qoplashga proporsional tartibda qaratilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq oshkentda 300 kishidan pul olgan, lekin shartnomani bajarmagan “Straus House” MChJ direktori hibsga olingani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0