DXX Qashqadaryoda jihodchilar guruhi faoliyatiga chek qo‘ydi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muqaddam sudlangan shaxs o‘z uyida 3 nafar farzandi, 20 yoshli jiyani va 11 nafar mahalliy fuqarolardan iborat noqonuniy guruh tashkil etgan. Ular orasida institut talabasi ham bor.

TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryoda jihodchilar guruhi faoliyatiga chek qo‘ydi.

Qarshi shahrida yashovchi 52 yoshli fuqaro muqaddam “Jihodchilar”* diniy ekstremistik oqimiga a’zo bo‘lganligi uchun 2004-2018 yillarda jazo muddatini o‘tagan bo‘lishiga qaramasdan, o‘zining yashash manzilida 1994, 1996, 1998-yillarda tug‘ilgan 3 nafar farzandi va 2000 y.t. jiyani hamda 1974-1998 yillar oralig‘ida tug‘ilgan 11 nafar mahalliy fuqarolardan iborat noqonuniy guruh tashkil etgan. Ular bilan jihodchilar oqimi g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab kelgan.

Dveri SIZO - Sputnik O‘zbekiston
DXX jihodchilar faoliyatiga chek qo‘ydi

Shuningdek, guruh a’zolarini “hijrat” va “jihod” qilishga, Suriya davlatiga borib, “Tavhid va Jihod katibasi”* terroristik tashkilotiga qo‘shilishga chorlagan.

Bundan tashqari, u telegramda “Shahidlar” guruhini tashkil etib, unga diniy ekstremistik oqimlar va terroristik tashkilotlarning g‘oyaviy rahnamolari bo‘lmish “Abu Saloh”, “Abdulloh Zufar”, “Sodiq Samarqandiy” va boshqalarning “hijrat”, “jihod” va “shahidlik”ka chorlovchi audio-video materiallarini joylashtirib, targ‘ibot ishlari olib borgan.

DXX Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida mazkur noqonuniy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

V Uzbekistane zaderjani chleni techeniya Djixadisti* - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda bir to‘da “jihodchilar” qo‘lga olindi

Aniqlanishicha, guruh yetakchisining ko‘rsatmasi bilan uning a’zolari bosqinchilik jinoyatlarini sodir etish orqali yo‘l harajatlari uchun pul yig‘ish, so‘ngra Suriyaga borib, terroristik tashkilotlar safiga qo‘shilishni rejalashtirgan.

Ularning yashash manzillaridan kompyuter protsessori, noutbuk, dron, flesh-kartalar, DVD disklar, telefon apparatlari, diniy mazmundagi adabiyotlar, shuningdek, bir donadan o‘qotar va pnevmatik qurol, patronlar va gilzalar ashyoviy dalil sifatida protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Ta’kidlanishicha, guruh a’zolari orasida MChJ rahbari va ishchisi, buyum bozorida sotuvchilik bilan shug‘ullanuvchi shaxslar hamda institut talabasi bor.

Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

* - taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari

Yangiliklar lentasi
0