Yangi format: O‘zbekiston maktab o‘quvchilari orasida test sinovlari tizimini joriy etmoqda

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishProbniy YeGE po russkomu yaziku
Probniy YeGE po russkomu yaziku - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2022-yildan boshlab maktab bitiruvchilari test topshirishadi. Bunda test javoblariga ko‘ra o‘quvchilar uchun ular istagan OTMga kirishda imkoniyat yaratiladi.

TOShKENT, 25-iyul - Sputnik. O‘zbekistonda maktab bitiruvchilari bilimiga baho berishning yagona tizimi joriy etiladi. Bu haqdagi Prezident qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Kontrolnaya rabota v shkole - Sputnik O‘zbekiston
Maktab direktorlarining oshirilgan maoshi o‘quvchilarning OTMga kirishiga bog‘liq bo‘ladi

Loyihaga ko‘ra 2021-2022 o‘quv yilida tajriba sinov tariqasida O‘zbekiston ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan hududdagi umumiy o‘rta maktab va akademik litsey, 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab barcha umumiy o‘rta maktab, akademik litsey va qabuli 9-sinf negizi asosida amalga oshiriladigan kasb-hunar maktabi bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari unifikatsiya qilinib, yagona test sinovlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda:

umumta’lim muassasalarining joriy yil bitiruvchilari yakuniy davlat attestatsiyasi imtihoni sifatida uchta fan — ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi (keyingi o‘rinlarda – majburiy fanlar) fanlaridan test sinovlarini topshiradi;

Xokim Tashkenta podaril medalistke shkoli avtomobil Spark - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent hokimi maktabning oltin medalli o‘quvchisiga Spark sovg‘a qildi

majburiy fanlar bo‘yicha test sinovi natijalari umumta’lim muassasasi bitiruvchilarining umumiy ta’lim to‘g‘risidagi hujjati (shahodatnoma, diplomi)ga qo‘yiladi;

oliy ta’lim muassasalariga kirish istagini bildirgan umumta’lim muassasalari bitiruvchilari shaxsiy tanloviga ko‘ra, ixtiyoriylik asosida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlardan test sinovlarini topshiradi;

2022 yildan boshlab, avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatganlar belgilangan muddatlarda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar va majburiy fanlardan test sinovlarini topshiradi.

Har yili test sinovi va oliy ta’lim muassasalariga qabul natijalari tahlili asosida umumta’lim muassasalari ta’lim dasturlari va bitiruvchilar sifati monitoringini olib boriladi.

Yangiliklar lentasi
0