Samarqandda giyohvand moddasini sotgan shaxs ushlandi: tergovda unda COVID-19 aniqlandi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovNaruchniki
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastlabki tergov jarayonida jinoyatchi koronavirus bilan xastalanganligi aniqlangan. Shu bois zudlik bilan unga nisbatan qo‘llanilgan qamoq munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat ehtiyot chorasiga almashtirilgan.

TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Samarqandda giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan shaxs koronovirusga chalinganligi aniqlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

38 yoshli U.D.  10 iyul kuni 0,59 gramm gashishni 500 ming so‘mga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida ushlangan. Tadbirda ishlatilgan 250 ming so‘m xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Dvoe zaderjani pri prigotovlenii narkotichesko sredstva - Sputnik O‘zbekiston
Qabriston yonida giyohvand moddasini tayyorlagan ikki yigit qo‘lga tushdi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositasini o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha U.D.ga tegishli modda bilan ayb e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ammo dastlabki tergov jarayonida U.D. koronavirus bilan xastalanganligi aniqlangan. Shu bois zudlik bilan unga nisbatan qo‘llanilgan munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat ehtiyot chorasiga almashtirilgan.

Hozir U.D. karantinga olingan.

Yangiliklar lentasi
0