Model 135 ming dollarga "Barbi"ga aylandi, — endi o‘ziga ish topa olmayapti

© Instagram / baedollbarbie Vengerskaya model Barbara Luna Sipos
Vengerskaya model Barbara Luna Sipos  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayol 22 yoshgacha o‘nta platik jarrohlikni boshdan kechirdi. Shundan so‘ng uni turmush o‘rtog‘i tashlab ketdi, ayolning avvalgi ish joyidan ham ishdan bo‘shashiga to‘g‘ri keldi.

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Vengriyalik model Barbara Luna Sipos Barbi qo‘g‘irchog‘iga o‘xshash uchun plastik operatsiyalarga 135 ming dollar sarfladi. Endilikda barcha modellik agentliklari ayol bilan ishlashdan voz kechmoqda, deb xabar qildi Yahoo News.

Mattel kompaniyasi qo‘g‘irchoqlari. - Sputnik O‘zbekiston
Kutib oling, do‘ndiq Barbi!

Barbaraning tan olishicha, qo‘g‘irchoq obrazi unga yoshlikdan yoqqan, shu bois u bir nechta qimmat operatsiyalarni amalga oshirishga qaror qilgan.

Birinchi operatsiya - ko‘krakni kattalashtirish bo‘yicha jarrohlik amaliyotini u 17 yoshda o‘tkazgan.

2016 yilda qiz bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘ini uchratgan, yigit ham plastik operatsiyalarga o‘ch edi. Erkak o‘z sevgilisining bir nechta plastik operatsiyalarini moliyalashtiradi.

22 yoshga to‘lganida Barbara o‘nta operatsiyani o‘tkazadi. U bir necha marotaba lablarini kattalashtiradi, ko‘kragi o‘lchami ham to‘rt razmerga kattaradi.

Devushka sidit s telefonom - Sputnik O‘zbekiston
Xitoyda plastik operatsiyadan keyin xunuk bo‘lib qolgan bloger qiz o‘z joniga qasd qildi

So‘ngra braziliyacha usulda bo‘ksalarning taranglashtirilishi, ikkita rinoplastika va iyakni kichraytirish bo‘yicha bir nechta operatsiyalarni boshdan o‘tkazdi.

Bularning barchasi uchun turmush o‘rtog‘i 134,8 ming dollar sarfladi.

Ushbu o‘zgarishlardan sal o‘tib, model "aurasi va tarovati erkaklarni aqldan ozdirayotgani bois" ishdan bo‘shashga majbur bo‘ladi, 2019-yilda esa eri bilan ajrashadi.

Endilikda ayol uchun barcha moda agentliklari eshiklari berkilgan, uning xizmatidan voz kechishmoqda.

Imkoniyatlar yo‘qligiga qaramay, Barbara, o‘nta operatsiyani boshdan kechirganidan afsuslanmasligini aytmoqda, u kelajakda yangi imkoniyatlar paydo bo‘lishiga shubha qilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0