Jizzax shahar hokimligi binosi karantinga olindi

© Informatsionnaya slujba GUBDD MVD RUzKarantin v Uzbekistane
Karantin v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirusdan xoli bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan Jizzax viloyatida takroran 25-iyun kuni aholi orasida COVID-19 aniqlangan edi.

TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Jizzaxda shahar hokimligining bir nafar xodimida koronavirus aniqlangani sababli hokimlik binosi karantinga olindi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Xabarda yozilishicha, so‘nggi kunlarda Jizzax shahrida koronavirus bilan kasallanish ko‘payganligi munosabati bilan hududda virus tarqalishining oldini olish maqsadida shahar hokimi A.Shukurov topshirig‘i bilan hokimlik xodimlari COVID-19 ga test topshirgan.

Jiteli Tashkenta po vozmojnosti priobretayut maski dlya profilaktiki virusa - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent va Jizzaxda aholi orasida 18 ta yangi koronavirus holati aniqlandi

“O‘tkazilgan test natijalariga ko‘ra Jizzax shahar hokimligi xodimlari va rahbariyatidan koronavirus infeksiyasi aniqlanmadi. Ammo “Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash markazi” Jizzax shahar bo‘limining 1 nafar xodimida COVID-19 infeksiyasi aniqlanganligi sababli “Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash markazi” Jizzax shahar bo‘limi va shahar hokimligi binosi karantinga olindi”, — deyiladi xabarda.

Xabarda ayni paytda hokimlik xodimlari o‘z ishlarini masofadan turib davom ettirishayotgani qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirusdan xoli bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan Jizzax viloyatida takroran 25-iyun kuni aholi orasida COVID-19 aniqlangan edi. Viloyatda bir oilaning ikki a’zosi koronavirus qurboniga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0