G‘alati sharqiy front: AQSh Yevropani Osiyoga almashtirmoqda

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishKorabl v Yujno-Kitayskoe more v okrestnostax Dananga
Korabl v Yujno-Kitayskoe more v okrestnostax Dananga - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kamdan-kam uchraydigan holat: ikkita harbiy flot, Amerika va Xitoy, bir vaqtning o‘zida Janubiy Xitoy dengizida manevrlar o‘tkazmoqda.

AQShning hozirgi ma’muriyati rahbarlarining Yevropani (va NATOni) surunkali tahqirlayotgani ma’lum. Aslida, muallifning ta’kidlashicha, ular yevropaliklarga quyidagini tushuntirishmoqda: agar xavfsiz yashashni istasangiz - yashang, bizga buni hech qanday aloqasi yo‘q, hatto NATO to‘lovlarini to‘lamasangiz ham.

AQSh va Yevropaning raketalar bo‘yicha til biriktirishi: nemis jurnalistlarining taxmini - Sputnik O‘zbekiston
NATO davlatlari yadroviy urushga tayyorgarlik ko‘rmoqdami?

Kamdan-kam uchraydigan holat: ikkita harbiy flot, Amerika va Xitoy, bir vaqtning o‘zida Janubiy Xitoy dengizida manevrlar o‘tkazmoqda. Va yonma-yon, ba’zan ular bir-birini ko‘rishadi ham. Ko‘rinishidan, AQSh bunga befarq bo‘lishi kerak – davlat fuqarolar urushi yoqasida (prezident Donald Tramp 4-iyul kuni nima deganini eslash kifoya). Va Xitoyda ham koronavirusdan keyin qayta ishga tushishni hisobga olsak, barchasi uncha yaxshi emas. Shunga qaramay, ular bir-biriga namoyishkorona nimaga qodir ekanligini ko‘rsatib, mashqlar o‘tkazmoqda.

Avvalroq, Amerika va Xitoy o‘sib borayotgan okean qarama-qarshiligi borasida bir-biriga qarama-qarshi ikkita maxsus hujjatlar bilan almashdilar. Ushbu hujjatlardagi umumiy jihat shundaki, ular quyidagilarga guvohlik berishadi: Atlantika, Yevropa kechagi kunda qoldi, superdavlatlarning asosiy strategik raqobati bugun Tinch okeanda, Xitoy sohillarida bo‘lib o‘tmoqda. Bu uzoqqa cho‘ziladi.

AQShning hozirgi ma’muriyati rahbarlarining Yevropani (va NATOni) surunkali tahqirlashlari ma’lum. Aslida, ular yevropaliklarga quyidagini tushuntirishmoqda: agar xavfsiz yashashni istasangiz - yashang, bizga buni hech qanday aloqasi yo‘q, hatto NATO to‘lovlarini to‘lamasangiz ham. Bugungi kunda sizning g‘arbiy frontingiz hech kimga kerak emas, chunki biz uchun bu uzoq vaqtdan beri asosiy - sharqiy yo‘nalishdir. Bu haqiqat: AQSh uchun jahon taraflari mutlaqo teskaridir, ular uchun Tinch okeani g‘arbda.

Janubiy Xitoy dengizini o‘rganish bo‘yicha Xitoy milliy instituti tomonidan tayyorlangan birinchi hujjat tafsilotlari quyidagicha. Bu yerda raqamlar qiziq. Ular guvohlik berishicha: bugungi kunda AQSh harbiy kemalarining 60%, armiya bo‘linmalarining 55% va dengiz piyodalarining 2/3 qismi Hind-Tinch okeani qo‘mondonlik hududiga kiradi. Ular joylashgan joyda hech qanday himoyalanish yo‘q; 85 ming qurollangan xodimlardan (jami 375 ming “xind-tinch okeani” harbiylaridan) Xitoy sohillariga qarab joylashtirilgan. Texnika va qurol-aslahalar ham Yevropa darajasidan yuqoriroq. Xitoyga uning imkoniyatlari hatto o‘z qirg‘oqlarida ham Amerikaga yeta olmasligini eslatmasa ham bo‘ladi, bu ma’lum haqiqat.

Mejdunarodnie voyenno-morskie ucheniya Frukus-2012 - Sputnik O‘zbekiston
"Hammasi jiddiy": nima uchun NATO Rossiya chegara yaqinidagi suvlarda mashq o‘tkazmoqda

Oldimizda AQShning hozirgi ma’muriyati tomonidan 2018-yil atrofida chizilgan tasvir. Bu tasvirga, shuningdek, ushbu mintaqadagi bahsli hududlarga kirayotgan va uchayotgan amerikaliklarning soni ortib borayotgani va Xitoy harbiy-havo kuchlari va dengiz floti kelgindilarga to‘sqinlik qilib, ularni haydayotgani qo‘shiladi. Ammo har safar buni qilish tobora qiyinlashmoqda, chunki AQSh kuchlari tobora ko‘payib bormoqda, yaqinda Osiyo dengizlarida noyob manzara paydo bo‘ldi: uchta aviatashuvchi guruh (har biri 11tadan) birgalikda yonma-yon ko‘rindi. Muqarrar natija - mintaqada Xitoy imkoniyatlari kengayishi.

Ushbu hujjatlarning ikkinchisi avvalroq AQSh tashqi ishlar Kengashi tomonidan tadqiqot hisoboti sifatida tayyorlangan. Unda Xitoyning salohiyati oshayotganligi va amerikaliklar Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi hamkorlarini, shu jumladan Tayvanni, lekin avvalo Yaponiya, Avstraliya, Filippin va boshqa xohlovchilarni himoya qilish qobiliyatini saqlab qolish kerakligi tushuntiriladi.

Bularning barchasi nimani anglatadi: biz yana - o‘tgan asrning 50-60 yillariga qaytdik, shunga o‘hshash vaziyat SSSRning g‘arbiy chegaralarida, birinchi navbatda Yevropada yuz bergan edi. Unda eng qiziq narsa mafkura va siyosat sohasida amalga oshgan: ittifoqchilar yagona tizimga birlashtirib, butun dunyoga SSSR har narsada sof yovuz ekanligini tushuntirishgan. Xuddi shu tarzda, bugungi kunda AQSh ma’muriyati o‘z xalqiga zulm o‘tkazayotgan va amerikaliklarning ishlariga aralashayotgan, tajovuzkor Xitoy haqida kutilmagan ko‘rinishga ega afsonani yaratmoqda. O‘sha paytlarda aksil-sovet mafkurasi vujudga kelishining oqibatlari hozirda ham bir oz boshqacharoq davlat - Rossiyada sezilmoqda. Xuddi shunday oqibatlarni Xitoy ham o‘nlab yillar davomida kutishi kerak: afsonalar uzoq yashaydi. Garchi bir necha yil oldin, G‘arblik uchun Xitoy boshqacha ko‘rinar edi.

Ammo agar hozirda 50-60-yillar Tinch okeani hodisalarining qayta nashri bo‘layotgani bo‘lsa, 1962-yildagi Karib dengizi inqirozi Tinch okeanida takrorlanishi mumkinmi? Albatta. Eslatib o‘tamiz, inqiroz AQSh va SSSR ko‘rinmas chiziqni bosib o‘tib, yangi hududlarda - mos ravishda Turkiya va Kubada - bir-birlariga hujum qilish vositalarini o‘rnatganlarida vujudga keldi. Unda har lahzada yadroviy zarbalarning hidi sezilgan. Qarama-qarshilikning tugashi, superdavlatlarning qarama-qarshiligini o‘ttiz yilgacha turg‘un bosqichga o‘tkazdi, bu bugungi kunda ham takrorlanishi mumkin.

Tasavvur qilaylik, AQSh bu kabi ishni mavjud bo‘lganlarga qo‘shimcha ravishda Osiyoning boshqa davlati hududida amalga oshirsa, Xitoy esa birinchi marta mudofaa pozitsiyasidan chiqib, o‘z arsenallarini Amerika qirg‘oqlariga yaqinlashtirsa nima bo‘ladi. Butun dunyo strategik muvozanati o‘zgaradi. Hozircha Osiyoda ro‘y berayotgan harbiy harakatlarning sababi shundan iboratki, Xitoy suv osti kemalari Janubiy Xitoy dengizi va boshqa dengizlarda joylashgan va ular Amerika hududlariga qarshi javob berishga mo‘ljallangan. Qolgani esa vaziyatning mafkuraviy va diplomatik bezatishlaridir. Bundan tashqari, gap dunyoning birinchi iqtisodiyoti bo‘lgan Xitoydan tashqi dunyoga olib boradigan savdo yo‘llari va AQSh uchun xuddi shu dengizlar orqali deyarli teng yo‘nalishlar haqida ketmoqda, ammo bu ikkinchi masala. Ikkala tomon ham ushbu dengiz yo‘llarini nazorat ostida ushlab turishni istaydi.

Voyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonda NATO aviabazasi raketalar bilan o‘qqa tutildi

Bugungi dunyo 50-yillarning oxiriga unchalik o‘xshamaydi, deyishingiz mumkin. Fuqarolar urushi kuchayayotgan yoki hech bo‘lmaganda ma’muriy tizim qulashining arafasida turgan Amerikadan, xuddi Eyzenxauer yoki Kennedi davridagi AQShdan  kutsa bulganini kutmasa ham bo‘ladi. Qaysidur paytda AQSh harbiy-dengiz floti koronavirusdan yakson bo‘lganini ko‘rsatishga uringan Xitoy tashviqotini eslamasak ham bo‘ladi.

Ammo asosiy gap shundaki, Eyzenxauerning Kennediga almashtirilishi Amerikaning kuchliroq ichki inqirozidan oldingi so‘nggi tinch nafas rostlab olishi bo‘ldi. AQShda kechroq 60-chi yillar falokat yuz berdi, ular mamlakatni ichidan vayron qilish bilan tahdid qilishgan va buning sababi, boshqalar qatorida avlodlar va mafkura almashinuvi edi. 60-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab, ichki ison Amerikaning Indo-Xitoyda urush olib borish qobiliyatini va SSSR bilan shiddatli to‘qnashuvni davom ettirish istagini puchga chiqardi. Ammo hech bo‘lmaganda Karib inqirozi, shuningdek, Indo-Xitoyga harbiy mashinaning jalb qilinishi o‘z yo‘liga davom etdi. AQSh katta davlatdir, kimdir jamiyatning parchalanishi va bo‘linishidan qo‘rqdi, ba’zilari esa aviatashuvchilarni zarbalar berish uchun chiqardi.

Korabl VMS SShA Gabrielle Giffords - Sputnik O‘zbekiston
AQSh harbiy dengiz kuchlari stels-raketani “yo‘qotib qo‘yishdi"

Oldingi davrda bo‘lgani kabi, ko‘p narsa AQSh ittifoqchilari pozitsiyasiga ham bog‘liq. Ammo bir savol doim javobsiz qolmoqda - Amerika diplomatiyasining eslatmalariga qaramay, yillar davomida betaraflikni saqlashga urinayotgan Janubiy-Sharqiy Osiyoning o‘nta mamlakatining roli: sizning Xitoy bilan hududiy nizolaringiz borku ahir ... Ularning javobi: ammo Xitoy ba’zilarimiz  uchun birinchi va ba’zilarimiz uchun ikkinchi iqtisodiy hamkordir.

Muammo shundaki, ASEANning faol diplomatiyasi ham umuman diplomatiya kabi huddi shunday osilgan holatda: koronavirus tufayli. O‘tgan hafta ASEAN sammiti video-formatda bo‘lib o‘tdi, ular Xitoy bilan nizolarni hal qilish bo‘yicha standart hujjatni qabul qildilar va bo‘ldi shu bilan. Agarda pandemiya xalqaro muloqotni buzib mavjud vaziyatlarni muzlatib qo‘ygan bo‘lsa, bu hali hech narsa emas. Agar u inqirozni o‘chira oladigan mexanizmlarni falaj qilsa, unda hammasi yomon. Sharqiy front shunisi bilan g‘ayrioddiy va shu bilan uning havfliligi kamaymaydi.

Manba: RIA Novosti

Yangiliklar lentasi
0