TOShKENT, 1-iyul - Sputnik. "Uzbekistan airways" O‘zbekistonda 1-iyuldan aviachiptalar uchun to‘langan summalar yangi qoida asosida qaytarilishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Yangi qoidalarga ko‘ra, yo‘lovchilar tomonidan aviachiptalar va qo‘shimcha xizmatlar uchun 2020-yil 31-dekabrgacha to‘langan summani qaytarishni ta’minlash uchun 2020-yil 1-iyuldan depozit vaucherlarni rasmiylashtirish amalga oshiriladi.
Depozit vaucherini rasmiylashtirish, qaytarilishi lozim bo‘lgan chipta narxi summasiga, plyus aviachiptani xarid qilgan joyi bo‘yicha shu summadan 5%ga teng bonus taqdim etiladi.
Depozit vaucherlari ularni rasmiylashtirish sanasidan boshlab yil davomida yo‘lovchilar tomonidan "Uzbekistan airways" AJning reyslaridagi har qanday boshqa tashuv to‘lovlari yoki qo‘shimcha xizmatlar to‘lovlari uchun foydalanilishi mumkin.
Vaucherni rasmiylashtirish sanasidan bir yil o‘tishi bilan depozitning foydalanilmagan summasi yo‘lovchiga dastlabki to‘lov shaklida qaytariladi.