Umumiy g‘alaba ramzi: Rjev yaqinida sovet soldati xotirasiga yodgorlik ochildi — video

Obuna bo‘lish
Rossiya va Belarus prezidentlari seshanba kuni Rjev yaqinida memorial ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdilar. Yodgorlik veteranlar tashabbusi bilan xalq mablag‘lariga barpo etildi.

O‘z chiqishida Putin: sovet xalqining natsizmga qarshi ko‘rsatgan qahramonligi yolg‘onlar va soxtalashtirishlar bilan yo‘q qilib yuborilishiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi.

Voyenniy parad v oznamenovanie 75-letiya Pobedi - Sputnik O‘zbekiston
Xuddi 1945-yildagidek: Bu yilgi G‘alaba paradi nima bilan esda qoladi?

"Rjev memoriali — umumiy g‘alabamizning yana bir ramzidir, qahramon-askar, xaloskor-askar, g‘olib-askar, Yevropani va butun dunyoni natsizmdan qutqargan askarning buyuk va fidokorona qahramonligi oldida chuqur ta’zim bajo keltirilishi ramzidir. Vaqt bu qahramonlikka o‘z hukmini o‘tkaza olmaydi, u hech qachon unutilishi kerak emas, mumkin emas, ayniqsa, bu jasorat yolg‘on va soxtalashtirishlar bilan chaplanishi kerak emas. Biz bunga yo‘q qo‘ymaymiz", - dedi Rossiya yetakchisi.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, o‘z navbatida, toki odamlar yodgorliklarni barpo etib, ular yoniga kelar ekan, urush bo‘lmasligini ta’kidladi.

"Bugun biz orasida Sovet Ittifoqining barcha xalqlari vakillari bo‘lgan jangchilar xotirasiga qo‘yilgan yodgorlikni ochmoqdamiz. Biz bu bilan o‘g‘illik burchini, muqaddas xotira burchini ado etapmiz. Toki yodgorliklarni yaratar ekanmiz, ularni ko‘rishga kelar ekanmiz, biz urush qilmaymiz, bu dahshatli fojiadan nari bo‘lamiz. Bunday muqaddas joylarga olib boradigan yo‘lni esdan chiqargan kunimiz, biz, albatta, yana jang qilamiz. Bu yorug‘ ayyom kunlari amalga oshirayotgan harakatlarimiz ma’nosi ham shunda", - dedi Lukashenko.

Sovet soldatiga qo‘yilgan memorial qanday ko‘rinishga ega, nega u aynan Tver viloyatining Rjev tumanidagi Xoroshevo qishlog‘ida joy olgani va nega marosimdan so‘ng Putin va Lukashenko qoraqarag‘aylarni ekishgani haqida - videoda tomosha qiling.

Yangiliklar lentasi
0