Sobiq SSSR mamlakatlari harbiylari Moskvadagi G‘alaba paradida

Obuna bo‘lish
Postsovet mamlakatlarining harbiy xizmatchilari Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 75-yilligi sharafiga o‘tkazilgan paradda ishtirok etishdi.

Bu yil u 24-iyun - 1945-yilda g‘oliblarning afsonaviy paradi o‘tgan kunda bo‘lib o‘tmoqda.

Voyenniy parad v oznamenovanie 75-letiya Pobedi na Krasnoy ploshadi - Sputnik O‘zbekiston
G‘alabaning 75-yilligi sharafiga Moskvada o‘tgan harbiy parad - eng yorqin lahzalar

Parad barcha turdagi harbiy qismlar marshi, harbiy texnika namoyishi, shuningdek, aviatsiya qismidan iborat bo‘ldi.

Qizil maydondan turli mamlakatlar, xususan O‘zbekiston harbiylari saf tortib o‘tdilar. Marshni tribunadan respublika rahbari Shavkat Mirziyoyevning shaxsan o‘zi kuzatdi.

Kechqurun 21.00da Volgogradda Mamay qo‘rg‘onida Yuriy Bashmet, Denis Matsuyev, Igor Butman, Xibla Gerzmav, Ildar Abrazakov va boshqa taniqli artimlar ishtirokida katta bayram konserti bo‘lib o‘tadi. Bularning barchasi bugun tantanali ochiladigan "Ona-Vatan seni chorlamoqda" monumenti qarshisida o‘tkaziladi. 

Ulug‘ Vatan urishida erishilgan G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar Moskvadagi Lujneskaya naberejnayada otiladigan bayram salyuti bilan yakun topadi. Salyut zalplari 23.00dan boshlab otiladi.

Yangiliklar lentasi
0